8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

 Savol va topshiriqlar 
1. Insho nima? U boshqa ijodiy ishlardan qaysijihati bilan farqlanadi? 
2. Inshoda badiiy asar va boshqa manbalardan aynan olingan о ‘rinlar qanday 
berilishi kerak? 
3. Inshoda nega ikki о ‘quvchining bir mavzuda yozgan fikri aynan bir xil bo ‘Imaydi 

4. Ikki о ‘quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umumiyliklar,
о‘xshashliklar bo ‘lishi mumkin ? 
5. Inshoning oddiy yozma axborot bilan qanday о ‘xshash va farqli tomonlari bor? 


Bilib oling 
Insho — o‘quvchi ijodiy mehnatining oliy ko‘rinishi, uning aqliy mehnati
mahsuli. Insho puxta reja bo‘yicha yozilishi, mantiqan izchil, imloviy, uslubiy va
punktuatsion jihatdan to‘g‘ri, dalillarga tayangan bo‘lishi zarur. Insho yozish uchun
mavzu chuqur o‘rganilishi, dalillash uchun ko‘chirmalar yig‘ilishi, ularning
manbalari aniq bo‘lishi kerak. So‘ngra reja tuzilib, reja asosida yozishni boshlash
lozim. Insholar hajmi o‘quvchining yoshiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, 8-sinf o‘quvchisi 5—6 sahifadan iborat insho yozsa bo‘ladi. 
Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga ko‘ra insho ikki xil bo‘ladi: 
a) ta’limiy (joriy) insho; 
b) sinov inshosi. 
Ta’limiy (joriy) insho sinfda yoki uyda yozilib, iz lanishga, bilimlarni boyitish va
qo‘llashga, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi.Ta’limiy
inshoda o‘quvchi tegishli mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi, boyitadi va
namoyish qiladi.Sinov insholari o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho
yozish ko‘nikma va malakalarni sinovdan o‘tkazish uchun chorak yoki o‘quv yili
oxirida olinadi.Ta’limiy (joriy) insho izlanish, bilim, tafakkur va bayon qilishga
asoslansa, sinov inshosi bilim, tafakkur va bayon qilishni sinaydi. Sinov inshosida
manbalardan izlanishga ruxsat berilmaydi. U sinfda, o‘qituvchi nazorati ostida
yoziladi. 
30-mashq Rassom N. Qo‘ziboyevning «Navoiy va Husayn Boyqaro» deb nomlangan 
asarini kuzating. Undan foydalanib, shu sarlavha ostida insho yozishga tayyorgarlik 
ko‘ring va insho uchun reja tuzing. 
Savol va topshiriqlar 
1. Inshoga nega «o'quvchi ijodiy mehnatining oliy ko`rinishi» deb baho beriladi? 
2. Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak? 
3. Та ’limiy maqsadiga ко ‘ra insholar necha xil bo ‘ladi? 
31-mashq. Berilgan izohlardan insho, bilim, ko‘nikma, malaka, tafakkur, 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling