8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Birinchi matn 
ALISHER NAVOIY 
Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher. 
A. Oripov 
Ha. Bu «zanjirband sher»ning necha asrlardan beri jahonni maftun etib
kelayotgan g‘azallari porloq quyosh kabidir.Uning betakror nazmi oldida, hatto,
Sa’diy va Hofizning she’riyat osmonidagi yulduzlari ham xira tortdi. «Nizomiy
panjasiga panja urib» bunyod qilgan «Xamsa»si «Panj ganj» shuhratiga soya soldi.
Forsigo‘ylar uning turkiy tilda yozganligidan shukronalar aytdilar. 
Ikkinchi matn
ALISHER NAVOIY 
Buyuk o ‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida
tug‘ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi.
Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi 
Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun
jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy
kitoblarining yoyilislii, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin
dalilidir. 
Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan
Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun
turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi
Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar
bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy t ilda
ijod qilganda bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi». 
Savol va topshiriqlar 
1. Matnlardagi umumiy jihatlarni aniqlang.- Ikkala matn ham Navoiy haqida 


2. Matnlardagi farqli jihatlarni bayon qiling.-2matnda dalillar ko`p, 1-matnda 
badiiylik ko`p 
3. Qaysi matnda fikrla r aniq dalil va isbotlar bilan berilgan va undan ко ‘zlangan 
maqsad nima ?-2-matnda.Ko`zlangan maqsad Navoiy davri tarixini o`rganish 
4. Qaysi matnda fikrlar obrazli va ta ’sirchan berilgan va undan ко ‘zlangan
maqsad nima ?-insonlarga estetik zavq bagishlovchi matn1-matn 
5. Matnning qaysi biri hissiyotga va qaysisi aqlga yo ‘naltirilgan ?-1-matn hissiyotga, 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling