8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


) buyuk donishmand-mutafakkir


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

1) buyuk donishmand-mutafakkir
2) yaratgan bergan ne’mat uchun savob ish qilmoq -shukrona 
 3 nayza, yoy kabi jang quroli -tig` 
4) nazmiy asarlar to‘plami -devon 
 5) she’riy shakldagi ijod-nazm 
 
11-dars 
INSHO - IJODIY ISH 
29-mashq. Matnni o‘qing. Mazmunini og'zaki ifodali bayon qiling. 
INSHO - IJOD MAHSULI 
Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini
beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va
talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘l-lanadi. 
Insho — muallifning m a’lum bir mavzu asosida o‘z fikrlarini yozma
shaklda bayon qiluvchi kichik asar. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati,
fikrlash ko‘nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘ladi. 
Insho — o‘quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma’lum bir mavzu mustaqil
ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quvchining oЈz fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri,
ravon, savodli bayon qilish malakasi aks etadi.Inshoda mavzu bo‘yicha bilimlar
yuzaga chiqadi.
Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan.ishlar, ilmiy ish,
maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o'quvchi ham insho yozishdan oldin
unga har to- monlama tayyorlanishi lozim.Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini
o‘quvchilik paytida inisholardan boshlashgan.Insho yozish uchun, avvalo, bilim
egallash zarur. Takror va takror yozish natijasida esa insho yozish ko‘nikma va 
malakasi shakllanadi. Yaxshi inshoning zamirida boy bilim va tinimsiz mashq
yotadi.liar qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho ham reja asosida
yozilishi kerak. Puxta reja inshoning sifalini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Inshoda o‘quvchining o‘z fikri va boshqa manbalardan olgan ma’lumotlari
ajralib turishi kerak. Boshqalarning fikiini o'zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik
sifatida salbiy baholanadi. Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun
xuusiyatiga ega. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling