8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI
13-dars INSHO RE J AS I Matnni o'qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Tartib — taraqqiyot va rivojlanish asosi. Running tunga, tunning kunga aylanishi, oy va fasllarning, yil va asrlarning almashinuvi tartibning yorqin namunasidir. Tartib bor joyda muvaffaqiyat bo‘ladi. Tartibli bajarilgan har qanday ish yaxshi natijalarni beradi. Insonning tartibli faoliyati — rejali ish yuritish. Tartibli inson har bir ishini — mehnatdan tortib sarf-xarajatgacha reja asosida amalga oshiradi. Shuning uchun xalqimiz reja va rejalashtirishning hayotimizdagi ahamiyatini «Rejasiz ish — qolipsiz g‘isht» degan maqol bilan bejiz ifodalamagan. Qolipsiz yasalgan g‘isht sifatsiz — qing‘ir-qiyshiq bo‘ladi.Insho yozish ham faoliyat, aniqrog‘i, nutqiy faoliyat. U ham reja asosida amalga oshiriladi. Inshoni yozishga tayvoigarlik jarayoni ham, inshoning o‘zi ham rejasiz amalga oshirilsa, u sifatsiz chiqishi muqarrar. Demak, insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qat’iy reja asosida amalga oshiriladi. Inshoning o‘zi ham puxta reja asosida yozilishi lozim. Har qanday ijodiy ish kabi insho rejasi ham uch qismdan iborat bo‘ladi: 1. Kirish. 2. Asosiy qism. 3 Xulosa. Kirish inshoning boshlang‘ich qismi, unda o ‘quvchi mavzu haqidagi umumiy fikrlarini bayon qiladi. Asosiy qismda maqsadga o‘tiladi. Bu qism yana ichki kichik mi mlardan tashkil topadi. Ularning miqdori birdan ortiq bo'ladi. Xulosa yakunlovchi qism bo‘lib, unda o‘quvchi asosiy qismdan kelib chiqadigan o‘z fikri — xulosasini lo‘nda bayon etadi. Niimuna: Alisher Navoiy — g‘azai mulkining sultoni I. K irish. Alisher Navoiy — buyuk mutafakldr va atoqli shoir. II. A sosiy qism : 1. Alisher Navoiyning oshiqona g‘azallari. 2. Alisher Navoiyning orifona g'azallari. 3. Alisher Navoiyning rindona g‘azallari. III. X ulosa. Alisher Navoiy g‘azallari - o'zbek she’riyatining mezoni. Quyidagi gaplarni tartibga keltirib, insho mavzusi va rejasinihosil qiling. Rejada uning qismlari to‘liq aks etsin. 1. Uvaysiy chistonlari — aql charxi. 2. Uvaysiy chistonlarida o‘xshatish usulining qo‘llanishi. 3. Uvaysiy chistonlarning mavzuviy ko‘lami. 4. Uvaysiyning hayoti va ijodi. 5 Uvaysiy — chistonnavis. 6. Uvaysiy yashagan davrdagi iiodiy muhit. 7. Uvaysiy chistonlarining bola tafakkuriga ta’siri. Savol va topshiriqlar 1. Tartib va reja o ‘zaro qanday bog ‘liq ? 2. Inson faoliyatida tartibsizlik qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? 3. Insho rejasi bilan insho yozish rejasi farqini tushuntiring. 4. Insho rejasida kirish va xulosa qanday farqlanadi? 37-mashq. Berilgan izohlardan muqarrar, chiston, mantiq, fasl so‘zlarining ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: LUG`ATLAR IZOHI Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling