8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

 Savol va topshiriqlar 
1. Sodda va murakkab rejaning farqi nimada? 
2. Sodda reja asosida insho yozishning qiyinligi va murakkab reja asosida insho 
yozishning qulayligi nimada ? 
3. Sodda rejada yozilgan inshoda kirish, asosiy qism va xulosa qanday 
anglashiladi? 
4. Nega ко ‘pincha erkin mavzudagi inshoga sodda, boshqa turdagi insholarga
murakkab reja tuzishga harakat qilinadi? 
42-mashq. Berilgan rejadagi qaysi qism ortiqcha? Sababini bayon qiling. 
HAMID OLIMJON - ВАХТ VA SHODLIK KUYCHISI 
I. Kirish. Hamid Olimjon — o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi. 
II. Asosiy qism: 
1. Shoir she’riyatida baxtli muhabbat vasfi. 
2. Hamid Olimjon she’riyatida Vatan madhi. 
3. Shoir ijodida shaxs fojiasi tasviri. 
III. Xulosa. Hamid Olimjon she’riyati mangu barhayot! 
Uyga vazifa 
43 -mashq«Iqtidorli yoshlar — xalq iftixori» mavzusiga sodda reja tuzib, uni murakkab 
rejaga aylantiring. 
15-dars 
ADABIY M AY Z U LARD AG I INSHOLAR 
Siz 1-sinfdan yoza boshlagan oddiy yozma tasvir, rasm asosidagi hikoya,
turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni insho deb
boimaydi.Chunki bunday yozma ishlar aniq reja asosida yozilmagan, ularda
o‘quvchining maxsus tayyorgarligi, ijo­ 


diy izlanishi va mustaqil fikrlashi talab etilmagan. 
44-mashq. Guruhlarga bo‘linib, biror badiiy asar bo‘yicha insho mavzulari tuzing.
Shulardan bitta mavzuning mufassal rejasini shakllantiring. 
Bilib oling 
Muayyan badiiy asar, undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy inshodir. Bunday
mavzudagi inshoda biror badiiy asar yoki undagi qahramonlar taqdiri adibning 
badiiy mahorati bilan bog‘lab, manbalarga tayanib tahlil qilinadi. 
0 ‘zingiz yoqtirgan badiiy asar asosida adabiy-ijodiy insho uchun mavzular tanlang.
Shumavzular bo‘yicha murakkab reja asosida insho yozing. 
Quyida adabiy va ilmiy insholarning mavzulari aralash holda
berilgan. Ularni ajratib yozing. 
1. «Alpomish» dostonida qahramonlik tasviri. 2. Abdulla Q odiriyning badiiy m 
ahorati. 3. M en sevgan adib.4. Muhammad Yusuf she’riyatida Vatan tasviri. 5.
«Sen yetim emassan» she’ridan olgan taassurotlarim. 6. Abdulla Qahhor — kichik
hikoyalar ustasi. 7. «Mehrobdan chayon» rom anida xonlik tuzum i illatlarining
fosh etilishi.8. Zulfiya she’riyatida tinchlik mavzusi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Xolis tahlil qaysi insho turiga xos?-biror badiiy asar qahramonlari taqdiri haqida 
bo`lishi mumkin. 
2. Mustaqil flkrlash talab etiladigan insho qanday insho ?-erkin insho 
3. Adabiy-ijodiy va adabiy insho orasiga q a t’iy chegara qo'yib b o ‘ladimi?
Fikringizni asoslang.-qat`iy chegara dalilar, ko`chirmalar asar qahramonlari to`g`ri 
yoritilishi kerak 
Uyga vazifa 
47-mashq 0 ‘tgan darsda reja tuzib, ma’lumot to ‘plagan mavzulardan biriga adabiy 
mavzudagi insho yozib keling. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling