qush, uya -qushning uyasi
yurt, ketmoq-yurtni kezmoq
ayrilmoq, el -eldan ayrilmoq
vatan, qadr -vatannig qadri
inson, vatansiz -vatansiz inson
g'am, el -elning g`ami
yurt, yuksalmoq-yurtning yuksalishi
tug‘ilmoq, yer-tug`ilgan yer
18-toshiriqGaplarning kesimini toping va bunda nimaga asoslanraningizni izohlang.
I. Haqiqiy inson va yurt farzandi — bir kishi. (Aleksandr Radichev) 2. 0 ‘z
yurtiga tegishli bo‘lmagan odam insoniyaitga ham tegishli emas. (Vissarion
Belinskiy) 3. Boy boyga boqar, suv soyga oqar. (Maqol)
19-topshiriq.Berilgan birikmalarda mustaqil so‘zlarni bog‘Iovchi vositalarni ikki
guruhga ajrating.
Vatan uchun o‘lmoq, yigit va vatan, kishi yerida sulton bo`lmoq, ega va el, o‘z
yurting, vatan uchun jon bermoq, o`zga yurtda shoh bo‘lmoq, yurtim
(ning)shamoli.
Bilib oling
Mustaqil so‘zlarning nutqda bog‘lanishidan so‘z bilikmasi hosil bo‘ladi. So‘z
birikmasi bo‘lish uchun:
1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim;
2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak;
3) so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi zarur;
4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak.
Eslatma
So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z, keyin kelgan so‘z hokim
so‘z deyiladi.
Tobe so‘z hokim so‘z m a’nosini izohlaydi, to ‘ldiradi.
Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog‘lanishlar ham mavjud: olma va
anor; o ‘qidi va yozdi; Salim, Halim kabi.
Savol va topshiriqlar
1. Gap nimadan tashkil topadi?
2. So ‘z birikmasi uchun qanday so ‘zlar zarur?
3. S o ‘z birikmasi tarkibidagi so ‘zlar qanday bog‘lanadi?
4. S o ‘z birikmasida oldin va keyin kelgan mustaqil so ‘z nima deyiladi?
Uyga vazifa
60-mashq Har bir qatordagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lab so‘z birikmalari tuzishni mashq
qiling.
1) bormoq, maktab, sari, shahar, o‘qimoq;-Maktab sari bormoq, shaharda o`qimoq
2) suv, buloq, tinchlik, maqtamoq;-buloqning suvi,tinchlikni maqtamoq
3) o‘zga, yurt, cho‘l, gul;-o`zga yur,cho`lning guli
4) tog‘, chiqmoq, el, suyanch-tog`ga chiqmoq,elga suyanch
Do'stlaringiz bilan baham: |