2) erkin mavzudagi insho;
3) ilmiy insho.
Adabiy insho adabiyot darslarida o‘tilgan ma’lumotlarga o'quvchining ijodiy
munosabati (nuqtayi nazari) qo‘shib ifodalanadigan insholarni o‘z ichiga oladi.Erkin
mavzudagi insho adabiyot fani dasturida mavjud bo‘lmagan mavzuda yoziladi.
Unda o‘quvchining ma’lum
bir
mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va
mulohazalari aks etadi.Ilmiy inshoda biror fanga tegishli
mavzu ilmiy dalillar
asosida yoritiladi. Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan
materiallardan keng foydalaniladi. Ilmiy
inshoda tasviriy vositalar deyarli qo‘llanmaydi.
Savol va
topshiriqlar
1. Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so ‘zi qanday ma ’noda qo ‘llanadi?
2. Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko'rinadi?
3. Insho mavzu mazmuniga ko'ra necha turli bo‘ladi?
4. Qanday inshoni adabiy mavzudagi insho deymiz?
5. Erkin mavzudagi insho qanday о ‘ziga xosliklarga ega ?
Adabiyot darsida yaqinda o‘tilgan biror badiiy asar qahramoni haqida insho mavzusini
tuzing.
«Inshoning turlari va ularning xususiyatlari» mavzusida og‘zakima’ruza uchun matn
tayyorlang va uni ifodali bayon qiling.
Uyga
vazifa
Oldingi mashqlarda tanlangan insho mavzulariga reja tuzib,ma’lumot to‘plab keling.
Do'stlaringiz bilan baham: