8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

− Qutlug‘ ... 
BEHUDA SO‘ZDAN SUKUT AFZAL 
Behuda so‘zlashdan ko‘ra jim o‘tirish afzal ekanligi haqida Rum qaysari, Hind
rojasi, Chin fag‘furi o‘rtasida munozara bo‘lib o‘tgan edi. 
Ular o‘zaro bir fikrga keldilar va bir m a’nodagi so‘zlarni turli bayon ipiga tizdilar. 
Rum qaysari shunday dedi: 
— Aytgan barcha so‘zlarimdan qattiq nadomat chekdim, ammo aytmagan
so‘zlarimdan hech pushaymon bo‘lmadim! 
Hind rojasi aql daryosidan noyob dur hozirlab, bayon ipiga terdi-yu, dedi: 
— So‘z o‘qi kamonidan hali otilmagan ekan, u mening qo‘l ostimdadir, og‘iz
kamonidan otilib chiqsa, unga endi egalik qilolmayman! 
U davom etib dedi: 
— Har so‘z o‘qi kamonidan uchsa va har kalima og‘iz zindonidan ko‘chsa, uni
qaytarib olaman deyish xomxayollikdir! 
Chin fag‘furi so‘z bo‘stonidan guldasta hozirlab, tuhfa qilgan holda dedi: 
— So‘z qushi og‘iz qafasida  ekan, uning ixtiyori mening izmimdadir. Bordi-yu,
u til oshyonasidan parvoz qilsa, hech qachon uni tutib bo‘lmaydi! 
«Sharq hikoyat va rivoyatlari» 
Quyidagi izohlardan ajratilgan so‘zlarning ma’nosini toping: 1) «qushlarning
boshpanasi»; 2) «bir kishi yoki narsa-ning boshqa bir kishi yoki narsaga
bo‘ysunishi»; 3) «mamlakatning boshlig‘i»; 4) «qabila yoki urug‘ning hukmdori»;
5) «qavmlarning birlashmasi». 
Savol va topshiriqlar 
1) «qushlarning boshpanasi»-qafas 
2) «bir kishi yoki narsaning boshqa bir kishi yoki narsaga bo‘ysunishi» -izm 
3) «mamlakatning boshlig‘i» -Qaysar 
 4) «qabila yoki urug‘ning hukmdori» -Roja 
5) «qavmlarning birlashmasi»-Fag`fur 
Savol va topshiriqlar 
1. Qanday gap so ‘z-gap deyiladi? 
2. Atama nega so ‘z va gap ifodalaridan tashkil topgan ? 
3. S o ‘z-gap qanday m a ’no munosabatlarini ifoda etadi? 
4. So ‘z-gaplar dialogik nutqda qanday vazifa bajaradi? Misollar keltiring. 
93-topshiriq. «Muomalam — husnim» mavzusida so‘z-gaplarni qo‘llashmahorati 
bo‘yicha bahsda ishtirok etish uchun kam qo`llanadigan so‘z-gaplardan topib, 


tayyorgarlik ko‘ring. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling