mustaqil davlat maqomidagi oxirgi elchilik bo‘ldi. **Muzokaralar davomida *Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qilmasligini, *Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi.
****XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida O’rtaOsiyoda raqobat kuchayib ketdi. ***Buyuk Britaniya dastlab 1825-yilda zobit U. Murkford boshchiligida ekspeditsiya yubordi.
****Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoro
amiri Haydarga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi.
****1832-yilda Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz missiyasi Buxoroga keldi. U o‘zini arman
savdogari deb tanitdi va Buxoro amirligi qo‘shbegisi bilan aloqa bog‘lay oldi.
****1839-yili Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qarshi harbiy harakatlar boshlaganida Rossiya—Buyuk Britaniya
munosabatlari yanada keskinlashdi. Agar Afg‘oniston bosib olingudek bo‘lsa, navbat O’rta Osiyoga kelishi mumkin.
8-o’zbek 21-mavzu majburiylarga
****Ashtarxoniylar davridan boshlab madaniy-ma’naviy hayot rivojining to‘sig‘iga aylangan diniy mutaassiblik
mang‘itlar hukmronligi davrida ham texnika va tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy
mutaassiblar har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb baholardilar.
**** Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy „Gulshan ul-muluk“ („Podshohlar gulshani“) nomli asar yozib qoldirdi. **Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uniag hukmdorlari shajarasi
bayoniga bag‘ishlangan. Asarning ikkinchi qismida esa O’rta Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan.
***XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Ho‘qand va Qoshg‘ar“ (..Buxoro, Qo‘qon va Qashqaming ayrim voqea-hodisalari bayoni“) asari,
****Mir Olim Buxoriyning „Fathnomayi sultoniy“,
****Muhammad Hakimxonning „Yilnomalar to‘plami“ kabi asarlar tariximiz uchun muhim manbalar hisoblanadi. ****Nishotiy_1778-yilda'>Muhammadniyoz Nishotiy 1778-yilda o‘zining ajoyib ,,Husn-u Dil“ dostonini yaratdi. **Asar majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari - Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa salbiy sifatlar hamda turli yovuzliklarning timsoli edi. **Nishotiyning „Qushlar mnnozarasi“ nomli asari ham bor. **Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to‘ti, humo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs tasvirlangan.
****Buxoro amirligida mashhur shoirlar Mujrim Obid va Vola edi.
****Volaning (1770-1842) ko‘zi tug‘ma ojiz bo’lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda
yoqimli ovoz in’om egan edi. Shoir o‘z she’rlaridan 2 ta devon tuzdi. Bizgacha 3 ming misra she’rlari yetib keldi. ****Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma’sum Olamiyon „Axloqi Muhsiniy“ kitobini hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |