8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma
Download 201.51 Kb.
|
8- o\'zb qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xiva xonligi deb atala boshlangan
- Asfandiyor va Abulg‘oziy
- Abulg‘oziy
- Abulg’oziy 1662
- Sherg‘oziyxon
- Qozoq
8-o’zbek 23-mavzu majburiylarga
****ArabMuhammadxon davrida (1602-1623) Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi(Kaspiy dengiziga emas Orol dengiziga oqa boshlagan) bu davrda ham davom etdi. Natijada,Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko‘chirishga majbur bo’ldi. Xorazm davlati endilikda Xiva xonligi deb atala boshlandi. (ESLAB QOLING!!! Arab Muhammad davridan Xiva xonligi deb atala boshlangan. Avvalgi nomi Xorazm davlati bo’lgan) **** Arab Muhammad davrida Rossiya chegarasini qo'riqlab turgan ataman Nechay va ataman Shamay boshchiligidagi Yoyiq kazaklari birin-ketin Urganchga hujum qildilar ****1621-yil Arab Muhammadxonning о’g’illari Habash va Elbars sultonlar otalariga qarshi isyon ko‘tardilar. Otasi tarafida uning boshqa ikki o‘g‘li - Abulg‘oziy'>Asfandiyor va Abulg‘oziy sultonlar urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash va Elbars sultonlar g‘olib chiqdi. ****Abulg'oziy Bahodirxon Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panob topdi. Asfandiyor esa Eron shohi Abbos I huzuriga yo‘l oldi. ****1623-yilda Abbos I yordamida Asfandiyorxon Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg‘oziy Bahodirxon Xivaga qaytdi. Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. **** 1630-yilda Abulg’oziy Bahodirxon Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo ‘natib yubordi. U Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi. Nihoyat, tutqunlikdan qochib, Orol o‘zbeklari qarorgohiga yetib keldi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-yilda Xiva xonligi taxtini egalladi. ****Abulg’oziy 1662-yilda Buxoro xonligi bilan sulh tuzdi va 1663-yilda hokimiyatni o‘g‘li Anushaxonga topshirdi. ****Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaxonni taxtdan ag‘darib o’rniga eshikog‘aboshi Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi. **** Shohniyoz Subhonqulixonga xiyonat qilishni boshladi. U o‘z hokimiyatini mustahkamlashga va Buxoroga qaramlikdan qutulishga intilib, 1700-yilda u Rossiya podshosi Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o‘ziga tobe bo‘lgan butun xalq bilan birga Rossiya qaramog'iga qabul qilishni so‘radi. *Pyotr I 1700-yilning 30-iyunidagi farmon bilan bu iltimosga rozilik bildirdi. **** Xiva xoni Sherg‘oziyxon davrida (1715 — 1727)1714-yilda Pyotr I A.Bekovich- Cherkasskiy boshchiligida harbiy ekspeditsiya yubordi. Ammo bu ekspeditsiya fojiali tugadi. Shunday bo’lsada „Shimoliy urush“ bilan band bo‘lgan Rossiya Xivaga qarshi harbiy harakat boshlay olmadi. **** Sherg‘oziyxon vafotidan so’ng, qabilalar o‘zaro kelisholmagach, endi taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlarni o‘tqazish boshlandi. *1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ularning birinchisi bo‘ldi (1728-1740). ****Eron shohi Nodirshoh 1740-yili Xivani bosib oldi va Xivaga o‘z odamini hokim etib tayinladi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatildi. ****Turkman yovmutlari 1764-yilda hokimiyatni amalda o‘z qo’liga oldilar. Biroq ular davlatni boshqarishni eplay olmadilar. Shuning uchun qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kela boshladi Download 201.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling