8-o’zbek 30-mavzu majburiylarga
****Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida turkiy bijanaklar negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni VIII
asrda boshlangan edi. Bu jarayon X -XI asrlarda nihoyasiga yetdi. **** X -XI asrlarda ularning davlati ham tashkil etilgan. Kerder shahri (hozirgi Kegeyli tumani hududida joylashgan shahar edi) poytaxt etib belgilangan.
**** Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim — qalpoq kiyib yurganlari uchun shunday
nom bilan atalganlar. *1598 yil Buxoro xoni Abdullaxon II bir yorlig’ida “Qoraqalpoq” degan so’zni ishlatgan
**** Oltin O‘rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqdi. Bu davlatlaming biri XIV asr oxirida tashkil topgan No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi edi. Qoraqalpoqlar ko'chib borib joylashgan hududlar XIV-XVI asrlarda No‘g‘ay xonligi hududiga kirdi.
**** Keyinchalik No‘g‘ay xonligi parchalangach, 1556-yilda qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ко‘chib keldilar va qozoqlarning Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar. Ular poytaxti Jankent shahri bo'lgan o‘z davlatlariga ega edi.
**** 1723-yilda jung‘orlar bostirib kelib, Sirdaryonmg o‘rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majbur bo‘lishdi. Ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi.
****1726-yilda qozoqlaming Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga o‘z elchilarini jo ‘natdi. Uning tarkibida qoraqalpoqlar vakili ham bor edi. *Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M.Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo ‘natdi. *Muzokaralar natijasida Kichik Juz tarkibidagi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. ****Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligiga qabul qilinishi - ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan
Do'stlaringiz bilan baham: |