8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma
Download 201.51 Kb.
|
8- o\'zb qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erniyozbek o ‘g ‘li Muhammad Rizo
- 19 ming
- Abulgoziy Bahodirxondir
- I bobi
- XVI asrda
- Savodi ta’lim
8-o’zbek 28-mavzu majburiylarga
**** Amir Avazbiy o ‘g ‘li Shermuhammad (taxallusi Munis Xorazmiy) yoshlik chog‘laridan adabiyot va tarix faniga mehr qo‘ydi. *1800-yilda otasi vafot etgach, saroy kotibi etib tayinlandi. *1804-yilda birinchi she’rlarini o‘z ichiga olgan devon - „Devoni Munis“ni yaratdi. *Munisning „Oshiqlar do‘sti“ devoni 20 mingdan ortiq misradan iborat. **** Erniyozbek o ‘g ‘li Muhammad Rizo (taxallusi Ogahiy) 1809-yilda Qiyot qishlog‘idagi mirob oilasida tug‘ildi. *Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini qunt bilan o‘rgandi. *1829-yilda amakisi Munis vafot etgach, Olloqulixon uni amakisining o‘rniga mirob mansabiga tayinladi. * „Oshiqlar tumori“ deb atalgan asari 19 ming misradan iborat. *Uning g‘azallari ,,Shashmaqom“ning hamma kuylariga tushadi. *Ogahiy Sa’diy Sheroziyning ,,Guliston“, Abdurahmon Jomiyning „Yusuf va Zulayho“ hamda Nizomiy Ganjaviy „Xamsa“sining ba’zi dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. ****Xorazm tarixnavislik maktabiga asos solgan shaxs Abulg'oziy Bahodirxondir. U ham hukmdor, ham tarixchi olim sifatida tarixda nom qozondi. *O ‘zining „Shajarayi turk va mo‘g‘ul“ asari bilan tarixda nom qoldirdi. *Asarning „Taqi Shaybonxon avlodidin Xorazm mamlakatinda podshohlik qilg‘onlaming zikri“ deb nomlangan I bobi Xorazmning 1512-1663-yillardagi tarixiga bag‘ishlangan. ****„Dastur ul-amal“ asari Abulg‘oziy Bahodirxonning topshirig‘i bilan yozilgan. Afsuski, bu asar muallifining nomi aniqlangan emas. Mazkur asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib, Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. **** „Firdavs ul-iqbol“ („Jannat bog‘i“) asari Munis qalamiga mansub bo‘lib, unda Xorazmning qadimgi davridan 1825-yilgacha bo‘lgan tarixi bayon etilgan. Biroq Munis asarni yozib tugata olmadi. Asarning qolgan qismi jiyani Ogahiy tomonidan yozildi. **** Ogahiy „Davlatning jannat bog‘i“ („Riyoz ud-davla“) asariga 1825-yildan 1842-yilgacha, *„Tarixlar sarasi“da („Zubdat ut- tavorix“) 1843 -1846-yillargacha, *„Sulton voqealarining majmuasi“ („Jomi ul-voqeati sultoniy“) asarida esa 1846-1855-yilgacha bo‘lgan Xorazmning tarixini bayon etdi. **** XVI asrda Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. ****Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga ,,Shohnoma“ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko‘chirib berdi. ****XVII—XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Roziy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi usta xattotlar ijod qildilar. *Kitob tayyorlashda muzahhib (oltin suvi yurituvchi), *lavvoh (sarlavha bituvchi), *sahhof (muqovalovchi) ishtirok etgan. ****XIX asrda xonlikda 1 ,5 mingga yaqin boshlang‘ich maktab faoliyat ko!rsatgan. Madrasalar soni esa 103 tani tashkil etgan. Shundan 22 tasi Xiva shahrida joylashgan. ****Munis 1804-yilda „Savodi ta’lim“ asarini yozgan. **** Ta’limning barcha xarajatlari, mudarris va talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan. Download 201.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling