8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet33/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 26-mavzu majburiylarga
****Xiva xonligi yerlari davlat (podshoh), mulk (xususiy yerlar) va vaqf yerlariga bo‘lingan.
**** Xonga tegishli yerlar mulki xolis, mulki xossa, amloki xossa, mulki maxsusa nomlari bilan atalgan. Xonga tegishli yerlardan davlat xazinasiga soliq to‘lanmagan.
****Yirik martabali amaldorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun tarxon yerlari berilgan. Tarxonni meros qoldirish, boshqaga o’tkazish man etilgan.
****Davlat yerini ijaraga oluvchilar bevatan, xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar koranda, vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar esa vaqfchi deb atalgan.
****Xonlikda keng tarqalgani vaqf yerlari edi. Uning hajmi sug'oriladigan va aholi yashaydigan yerlarning 40 foizga yaqinini tashkil etgan.
****Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham mavjud edi. Bir otliqqa foydalanish uchun 30-50 tanob yer mulki berilgan. ,, (ESLAB QOLING!!! Otliq yer turi faqat Xiva xonligida bor xolos)
**** Yerlar har uch yilda bir marta qayta xatlovdan o’tkazilgan.
****Ijaradorlaming ulushi yetishtirilgan hosilning 75% ini tashkil etgan.
**** Xonlikdagi asosiy soliq yer solig'i bo’lib, u salg'ut deb atalgan.
****Hunarmandlar, tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogarlar, chorvadorlar zakot to‘lashgan. Uning miqdori mulk qiymatining 2,5% ini tashkil etgan.
****Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shakli barot deb atalgan.
****Aholi begar deb ataluvchi rasman 12 kunlik mehnat majburiyatiga jalb etilgan.
**** Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj, miloddan avvalgi I asrdagi manbalarda uchraydi) X asming ikkinchi
yarmida Xorazmda markazi Gurganj shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi. *Amir Ma’mun ibn Muhammad 995-yilda Kot shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qildi. Shu tariqa, Gurganj Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi.
****1004 yil Ma’mun akademiyasi ham shu shaharda tashkil etilgan
****Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj
shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshladi.
****Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon 1646-yilda boshqa shahar - Yangi Urganch shahrini qurdirdi.
**** Avvalgi Gurganch (Urganch) shahri endi Ko‘hna Urganch deb ataladigan bo‘ldi.
**** Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘g‘li Anushaxon hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazildi.
****Xiva mil. avv. V asrda bunyod etilgan. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq
bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi. *Xiva XVII asrning birinchi choragidan 1920-yilgacha xonlikning poytaxti bo‘lib keldi. *1997-yilda (xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan) Xiva shahrining 2500 yilligi katta shodiyona va faxr bilan nishonlandi. Shahar dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan ham mashhurdir.
****Ichanqal’a Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. *Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. *Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi.
****Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi. Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. **** Ichan qal’a 1961-yilda mc’moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olindi va muzey-qo‘riqxonaga

Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling