8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma
Download 201.51 Kb.
|
8- o\'zb qollanma
8-o’zbek 25-mavzu majburiylarga
****Xiva xonligi g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda Orol dengizi havzasi, janubda esa Atrek daryosi (hozirgi Eron va Turkmanistondagi daryo, uzunligi 669 km, Kaspiy dengiziga quyiladi) hamda Saraxs (Turkmanistondagi shahar) atrofigacha bo’lgan hududlarni o‘z ichiga olar edi. ****XIX asrning 40-yillarida uning hududi 19 ming km2 ni tashkil etdi. *Xonlik aholisi 800 ming kishiga yaqin edi. Uning 65 foizi o‘zbeklar, 26 foizi turkmanlar Poytaxt Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan. ****Abulg‘oziy Bahodirxon 32 ta o‘zbek qabilalarini 4 ta guruhga bo‘ldi. Bular: Uyg‘ur—nayman, qo‘ng‘irot— qiyot. nukuz-mang‘it, qang‘li-qipchoq. *Xon inoqlar orqali qabilalar hayotiga tegishli masalalami hal qilardi. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. ****Xonlik hududi 23 ta ma’muriy birlikka bo‘lingan. Shundan 20 tasi beklik (viloyat), 2 tasi noiblik edi. Yigirma uchinchisi esa poytaxt Xiva shahri va uning atrofidagi hududlar edi. ****Boshqaruvning eng quyi ma’muriy birligi masjid qavmlari (qishloq) deb atalgan va ularni oqsoqollar boshqarishgan. Oqsoqollar masjid qavmlari tomonidan saylangan va xon tomonidan tasdiqlangan. ****Xiva va uning atrofidagi hududlarni xonning o‘zi boshqargan. ****Oliy Kengash taxt vorisi masalasini ham hal etgan. ****Qo‘ng‘irotlar davrida ham bo‘lajak xonni oq namat (kigiz)ga o‘tqazib, uning to‘rt uchidan xonlikning eng yuqori martabali a’yonlari taxtgacha ko‘tarib olib borish an’anasi saqlanib qolgan. ****Bosh vazir mehtar deb atalgan. U vaziri a’zam, dasturi mukarram, nizom al-mulk sifatlari bilan ulug’langan. ****Qo'shbegi xonlikda to‘planadigan soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan hamda moliya ishlari uchun. shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar bo’lgan. Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan. U amir, „sohibi devoni a’lo“ sifatlari bilan ulug’langan. **** Muhammad Rahimxon I saroydagi amaldorlar sonini 360 nafardan 100 nafarga tushirdi. Biy, otaliq va Download 201.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling