8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


inoq mansablarini bekor qildi. ****Xonlikda 3 ta devon


Download 201.51 Kb.
bet32/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

inoq mansablarini bekor qildi.
****Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) faoliyat ko‘rsatdi. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar bilan
shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning faoliyatiga devonbegi rahbarlik qilardi.
****Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilardi.
****Oliy Kengash a’zosi yasovulboshi xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan. Xonning qo’riqlanishi va maxfiy
davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan hamda turkman qabilalaridan tuzilgan harbiy qismni ham boshqargan.
**** Shig'ovul - chet el davlatlari elchilarini qabul qiluvchi va ularning ta’minoti uchun mas’ul amaldor ****Mahram - xonning maxfiy maslahatchisi, alohida topshiriqlarini bajaruvchi, zarurat bo’lganida elchi qilib
jo‘natiladigan mansabdor shaxs
****Har bir beklikda 1 nafardan 4 nafargacha qozi bo’lgan. Qozi etib tayinlangani to‘g‘risida ularga xon yorlig‘i (,,Yorlig‘i xumoyun-u ali“) berilgan.
****Muftiy qozi hukmining shariatga qanchalik mos kelishi haqida fatvo chiqargan. Sud qarori muftiy unga
o‘zining muhrini qo‘yganidan so‘nggina rasmiy maqomga ega bo‘lgan.
****Xiva shahrida 7 nafar muftiy faoliyat yuritgan. Ularga islom huquqining eng obro‘li namoyandasi- a ’lam rahbarlik qilgan. U muftiylar bergan xulosani ko‘rib chiqib uni yo tasdiqlagan, yo qaytargan.
****Sud ishi bo‘yicha shikoyatlar Xiva shahridagi 2 nafar Oliy qozilar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ularning biri qozi kalon, ikkinchisi esa qozi o ‘rda edi.
****Qozi xoss mansabi ham bo‘lib, u xon xonadoni a’zolari o‘rtasidagi masalalarni ко‘rib chiqqan.
****Qozi askar qo‘shinda sodir bo‘lgan islom qonunlarining buzilishi bilan bog‘liq ishlar ustidan hukm chiqargan. ****Naqiblar - payg‘ambar avlodlari jamoasi vakillari bo‘lib, jamiyatning diniy hayoti sohasi uchun mas’ul edilar. Ular xonning eng ishonchli kishilaridan sanalgan va harbiy harakatlar chog‘ida doimo unga hamrohlik qilgan. Shuningdek, ular ta’lim sohasi ishlari uchun ham javobgar edi.
****Rais (qozi rais) esa jamiyatda shariat qonun-qoidalariga qanchalik amal qilinayotganligi ahvolini, shuningdek, ota-onalaming bolalarini maktabga yuborayotganligini kuzatib borgan.
**** Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davrida muntazam qo'shin tuzildi. Mazkur qo‘shin xon navkarlari deb ataldi. Uning umumiy soni 2 ming askardan iborat edi.
****Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni yasovulboshi deb atalgan.
**** Xonlikda nomuntazam qo ‘shin xalq lashkari ham mavjud edi. XIX asrda ularning soni 9 -10 ming kishini tashkil etgan.
**** Buxoro qo‘shinidan farqli ravishda Xiva xonligi doimiy qo‘shini maxsus harbiy kiyim-boshga ega bo‘lmagan. Harbiylar, asosan, har xil chopon kiyishgan.
****Xonlikda davlat chegarasini qo‘riqlash uchun ham qo‘shin ajratilgan. Chegara qo‘shiniga qorovulbegi
qo‘mondonlik qilgan.


Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling