8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet40/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 32-mavzu majburiylarga
****1709-yilda ming urug‘i vakillari Farg‘ona vodiysida hokimiyatni o‘z qo'llariga oldilar. Qo‘qon xonligi
tashkil etildi va Shohruxbiy taxtga o’tirdi
**** Tepaqo‘rg’on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. *Ashtarxoniy Abulfayzxon Shohruxbiyga ,,otaliq“ unvonini bergan.
**** Shohruxbiy vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Abdurahimbiy otasi davrida *Qo‘qon shahrini poytaxtga aylantirdi. *Buxoro xonligi tasarrufida bo'lgan Xo‘jand. O‘ratepa viloyatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna qurboni bo‘ldi.
****Taxtni ukasi Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi (1733-1750). *U Qo‘qon shahrini devor bilan o‘ratdi. *1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujiun juda qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga qarshi kurashda minglarga qipchoqlar yordam berishdi. *1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi.
****Abdulkarimbiy vafotidan so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Abdurahimbiyning o‘g‘li
Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762). *Uning davrida Qo‘qon xonligi Xitoy hujumiga uchradi. *U O‘sh va O‘zgan viloyatlarini ham bo'sundirdi. *Qo‘qonni Buxoro amirligi va Sin imperiyasi (Xitoy) bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga ham aylantira oldi.
**** 1763-yilda taxtga Abdulkarimbiyning nabirasi Norbo‘tabiy o'tqazildi (1763-1798). *Norbo’tabiy tez orada Chust (hozirgi Namangan viloyatidagi tuman)ni bo‘ysundirdi. * Namangan hokimi Irisqulibiyga qarshi qo‘shin tortdi. Bu yurish ikki tomon o‘rtasida sulh tuzish bilan yakunlandi. *1776-yilda Norbo‘tabiy Qo’qon xonlaridan birinchi bo‘lib xonlikning fals deb atalgan o‘z pulini zarb ettirdi. Norbo‘tabiyning bir falsiga bir bosh qo‘y sotib olish mumkin bo‘lgan. * Norbo'tabiy vafotidan oldin, katta o‘g‘li Muhammad Aminbekni Marg‘ilonga, o‘rtancha o‘g‘li Olimbekni To‘raqo‘rg’onga hokim etib tayinladi. *Norbo‘tabiyning vafotidan so‘ng xonlikda bir-biriga muxolifatchi bir nechta guruh vujudga keldi. Ulardan biri Olimxon va ukasi Umarxonni, Norbo'tabiyning o‘gay akasi Xo‘jibiy boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Norbo‘tabiyning kenja o‘g‘li Rustambiyni qo‘llab-quvvatladilar.



Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling