8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet48/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 38-mavzu majburiylarga

****Qo‘qon xoni Umarxon va uning umr yo‘ldoshi, mashhur o‘zbek shoirasi Nodiraning sa’y-harakatlari natijasida XIX asr boshlarida Qo‘qon ilm-ma’rifat markaziga aylandi va bu yerda Qo‘qon adabiy muhiti shakllandi. ****Umarxonning o‘zi .,Amiriy“ taxallusi bilan ko‘plab she’rlar yozdi. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir


to‘plandi.
****1821-yilda Fazliy Namangoniy, Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o‘z ichiga olgan „Majmuayi shoiron" to‘plamini tuzdi. U 10 ming misradan ortiq edi
****Amir Umarxon davridagi shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etdi. *Qo‘qondagi Madrasayi Mirda ta’lim oldi. *Keyin qo‘shinda sipohilik qildi. *Uning devonida 69 ta asar (3717 misra) jamlangan. *„Hapalak" she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq hayotining ayanchli manzarasini aks ettirgan
****Gulxaniy (Muhammad Sharif) 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. * Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qildi. *Keyinchalik esa Qo’qonda hammomda go‘lax (o‘t yoquvchi) bo'lib ishladi. Shu boisdan „Gulxaniy“ taxallusi bilan ijod qilgan. *Gulxaniy birinchi bo‘lib o‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor. *Uning mashhur asari „Zarbulmasal”dir. *Asar „Maymun va Najjor“, „Tuya bilan Bo‘taloq“, „Toshbaqa bilan Chayon“ kabi masallar bor *Asardagi Yapaloqqush va Boyo‘g‘li, Ko‘rqush va Hudhud, Kulonkir Sulton va Malik Shohinlarning obrazlari bor
**** Jahon otin (taxallusi Uvaysiy, 1779-1845)ni Umarxon Qo‘qon taxtiga o‘tirgach. Qo‘qonga taklif etdi va bu
yerda u juda ko‘p yoshlarga murabbiylik qildi. Nodira bilan ijodiy hamkorlik qildi *Uvaysiydan to‘rtta lirik devon va uchta doston meros qolgan.
****Mohlaroyim - Nodira (1792-1842) Andijonda tug‘ildi. *Otasi Rahmonqulibiy Andijon hokimi bo‘lib, Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. *Umarxon Marg‘ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodira bilan turmush qurdi. *Nodira yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg‘a qilgan. * Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, *Komila taxallusida 19 g‘azal, *Maknuna taxallusida 333 g‘azaldan iborat devon tuzdi. *Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g‘azallariga muxammaslar ham yozgan.
**** Boborahim Mashrab (1640-1711) Namanganda tug‘ildi. *15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshladi. *18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mamlakatlarini kezib chiqdi.
Dili tig'i sitamdin рога bo‘lg‘on xalqni ko'rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo ‘lg ‘on xalqni kо ‘rdim.
Bu bayt Mashrabga tegishli.
*Mashrab g‘animlarning ig‘vosi bilan dinga shak keltirganlikda ayblanib, 1711-yilda o‘lim jazosiga hukm etildi. ****Abdulkarim Fazliy Namangoniy 1822-yilda Umarxonning topshirig‘iga binoan, ,,Umarnoma“ asarini yozib tugatdi. *U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir.
****Xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shohnomayi nusratpayom “ (,,G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma) tarixiy asarini yozdi.
**** Norbo‘tabiyning nabirasi Muhammad Hakimxon to‘ra ibn Ma’sumxon to‘radan (1802-1870)
Muntaxab ut-tavorix“ („Saralangan tarixlar“) asari meros qoldi. ****Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solih Tarixi jadidayi Toshkand“ („Toshkentning yangi tarixi) asarini yozgan
****QO’QONda xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo‘lgan Norbo'tabiy madrasasi XVIII asrning oxirida bunyod etilgan. *U to‘g‘ri to‘rtburchakli, bir qavatli, hovlili va to‘rt minorali me’moriy obida. Madrasada gumbazli masjid va panjaralar o’rnatilgan 12 ta derazali darsxona ham mavjud.
****Daxmayi Shohon (shohlar maqbarasi) esa XIX asrning birinchi choragida qurilgan. Unda Norbo’tabiy va

Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling