8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma
Download 201.51 Kb.
|
8- o\'zb qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYROQ
- SHOGIRTPESHAlar
- Botmon
- 1/4 qismi
- Asosiy soliq - xiroj
qanot), maysara (chap qanot) va markaz qismlariga bo‘lingan. (!!! TEMURIYLARda o’ng-burong’or, chap-juvong’or deyilgan. BUXORO XONLIGIda o’ng-barongo’r, chap-javong’or deyilgan)
****Xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin bo’linmasi TUG’ (minglik), *500-1000 tagacha qo'shin bo’linmasi BAYROQ deb atalgan. ****Harbiy xarajatlarni qoplash uchun aholiga „MILTIQ PULI" deb ataluvchi soliq ham joriy etilgan bo‘lib, u o‘rtahol oilalar uchun 2,5 tilla, hoy oilalar uchun 5 tilla miqdorida belgilangan. (!!! BUXORO XONLIGIda harbiy harajatlar uchun – “MADADI LASHKAR” solig’I, BUXORO AMIRLIGIda esa “JUL” va “ TO’LA” soliqlari yig’ilgan ****Askarlarga harbiy ish maxsus harbiy ta’lim olmagan kishilaming o‘z saviyalariga yarasha, to‘plagan tajribalariga tayangan holda o‘rgatilgan, xolos. Bunday kishilar SHOGIRTPESHAlar deb atalishgan. ****Muntazam qo'shin yiliga ikki marta harbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilgan. ****Harbiy qal’alar ahamiyati va katta- kichikligiga qarab 3 guruhga bo‘lingan. ****Qo‘qon shahri qal’asi ikkita himoya devori bilan o‘ralgan. ****Pishpak (hozirgi Bishkek shahri, Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti) ****Botmon - og‘irlik o‘lchov birligi, 1 botmon taxminan 164 kg.ga teng. 8-o’zbek 36-mavzu majburiylarga ****Qo'qon xonligida yer egalik shakliga ko'ra, amlok (davlat), xususiy va vaqf yerlariga bo'lingan. ****Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo'lgan va u 3 qismga bo'lingan. *Birinchisi xos mulk deb atalgan. Undan olingan daromad saroy ahli va soqchilari xarajatlari uchun sarflangan. *Ikkinchi qismi esa taqiq yer (qo'riq yer) deb atalgan va u yaylov, qamishzor va chakalakzorlardan iborat bo'lgan. *Uchinchi qismi esa chek yerlar deb atalib, bevosita xonga tegishli bo'lgan. ****Qo’qonda xususiy yerlarni meros qoldirish huquqi bo’lmagan yer egalari o’z yerlarini VAQF AVLOD qilib vaqf mulkiga berishgan va daromadning malum qismini olib turishgan **** Davlat yerining sotilganligi va sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat qozixonalarda imzolangan. Unda yer sotuvchining, ya’ni xonning o‘zi ham ishtirok etgan. (!!!ESLAB QOLING!!!Yuqoridagi vaqf avlod va qozilik sudida xon ham qatnashishi faqat Qo’qon xonligida bor xolos) **** Harbiylarga xizmatlari uchun berilgan yerlar TANHO yerlari deb atalgan. **** Xon yerlarida ishlash nchun safarbar etilganlarning soni 10 ming nafargacha yetardi. *Xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi ycrsiz, ot-ulovsiz kambag‘allar esa chorikorlar deb atalar edi. *Korandalar deb ataluvchilar ham bo‘lib. ular hosilning 1/2 qismini olish sharti bilan yerlami ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari, ot-ulovlari bilan yollanib ishlar edilar. ****Asosiy soliq - xiroj bo‘lib, uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi. ****Ko‘chmanchi chorvadorlardan olinadigan zakotning turlari ko‘p edi. Ularning asosiylari „ qo'ra boshi„ tutun haqi“, „yig'im soliq“ deb atalar edi. *„Qo‘raboshi“ - ko‘chmanchi chorvadorlardan mol boshiga va qo‘rasiga qarab olinadigan zakot. Bu zakot qishda Download 201.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling