(!!!ESLATMA Bu mansab ashtarxoniylar davrida Saroy qutvoli edi lekin qiladigan ishi shu bilan bir xil) ****Miroxur - amir otxonasining boshlig‘i,
****Qorovulbegi - shahar va yo‘llar posboni,
****Shig'ovul - chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi,
****Mushrif - amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor, ****Dodxoh - jabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor kabi yuqori davlat lavozimlari ham bor edi.
****Shayxulislom barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning
boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan. *Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham shayxulislomning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan. ****Shayxulislomga hatto Qozikalon - Oliy qozi (bugungi kun voqeligi bo‘yicha aytganda Oliy sud raisi) ham bo‘ysungan. ****Qozikalon lavozimi mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi. U sudlov ishlarini
amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik
himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan.
****Muhtasib (rais)ning vakolati *bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, *og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda *aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari ustidan bevosita nazorat olib borgan. *Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan. *Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda *sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan.
****Muftiy Qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar ho‘yicha shariatga asoslanib
fatvo chiqaruvchi ulamo edi. U chiqargan fatvosini o‘z muhri bilan tasdiqlagan.
****Qozi shu fatvo asosida hukm chiqargan.
****Sadr vaqfmulklarining boshqaruvchilari edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |