86-dars ajratilgan bo‘lakli gaplar


Tabiat inson qo‘liga qurol


Download 75.17 Kb.
bet2/20
Sana07.10.2023
Hajmi75.17 Kb.
#1694397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
N.Rasulova. 8-s. mashqlar tahlili

1

Tabiat inson qo‘liga qurol intellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash bo‘lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi. (Arastu)

qurol intellektual axloqiy kuch-qudratni – vositasiz to‘ldiruvchi
(ajratilgan bo‘lak to‘ldiruvchining ma’nosini izohlamoqda)

Ajratilgan to‘ldiruvchidan oldin tire qo‘yilgan

2

Biz ko‘proq yoki boshqacharoq ko‘rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni xohlaymiz. (Parmenid)

ko‘rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni – vositasiz to‘ldiruvchi
(ajratilgan bo‘lak to‘ldiruvchining ma’nosini izohlamoqda)

Ajratilgan to‘ldiruvchidan oldin vergul qo‘yilgan

3

Hamma narsaning asosida ikki ibtido: olov va yer yotadi. (Parmenid)

ikki ibtido: olov va yer – ega (ajratilgan izohlovchi)
(ajratilgan bo‘lak eganing ma’nosini izohlamoqda)

Ajratilgan izohlovchidan oldin ikki nuqta qo‘yilgan
(chunki ma’nosi izohlanayotgan bo‘lak umumlashtiruvchi so‘z bo‘lgani bois, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi)

4

Ichki idrok amriga bo‘ysunsang, katta inson bo‘lasan, ikkinchi darajali (ya’ni, ko‘z va quloq sezgilari) tuyg‘ularga amal qilsang, mayda odamga aylanasan. (Men-Szi)

ikkinchi darajali (ya’ni, ko‘z va quloq sezgilari) – aniqlovchi
(ajratilgan bo‘lak aniqlovchining ma’nosini izohlamoqda)



Ajratilgan aniqlovchi ikki tomonidan qavs bilan ajratilgan


Download 75.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling