Savol va topshiriqlar
1. Gap bo‘laklari nega ajratiladi?
2. Qaysi gap bo‘laklari ajratiladi?
3. Ajratilgan bo‘laklar yozuvda qaysi tinish belgilari bilan ajratilishi mumkin?
4. Hol qanday ifodalansa, ajratilgan bo‘lak sanaladi?
Yechim:
№
|
Javoblar
|
1
|
Gapda biror bo‘lakning ma’nosi so‘zlovchi nazarida noaniqroq bo‘ladi va uning ma’nosini aniqroq berish, izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo‘lakni gapga kiritadi. Masalan, Men ishni mana shundan boshladim gapida shundan to‘ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so‘zlovchi aniqroq ma’noli boshqa bir to‘ldiruvchini gapga kiritadi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan, boshladim. O‘zidan oldingi bo‘lakni izohlagan bunday bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi.
|
2
|
Barcha gap bo‘laklari ajratilishi mumkin. Lekin maktab darsliklarida ajratilgan bo‘laklarning asosan to‘rtta turi haqida gap boradi: ajratilgan to‘ldiruvchilar, ajratilgan aniqlovchilar, ajratilgan hollar, ajratilgan izohlovchilar (egalar)
|
3
|
Yozma nutqda izoh bo‘lak, ko‘pincha, vergul, tire va qavs bilan ajratiladi:
|
4
|
O‘zidan oldingi holni izohlagan bo‘lak ajratilgan hol deyiladi. Masalan: Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga, boshladi; Anjuman bugun, soat beshda, boshlanadi; Qo‘llar ishlar tez – mo‘jizakor; Shaharga borish uchun, ya’ni o‘g‘lini ko‘rish uchun, ulov qidirdi; Bugun sizni yana, ikkinchi marta, kechirishdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |