86-dars ajratilgan bo‘lakli gaplar


Yechim: tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yish


Download 75.17 Kb.
bet16/20
Sana07.10.2023
Hajmi75.17 Kb.
#1694397
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
N.Rasulova. 8-s. mashqlar tahlili

Yechim:

  • tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yish;

  • uyushiq bo‘lakli gaplarni ajratib olish;

  • ajratilgan bo‘lakli gaplarni ajratib olish;




T/r

uyushiq bo‘lakli gaplar

T/r

ajratilgan bo‘lakli gaplar

2

Mamlakat to‘la qiz, tangri mening peshonamga birorta oqila-yu fozilasini bitmagani g‘alati!

1

Lablari tabassum bilan ochilib, uning ichki sirini bu she’rni yaxshi bilishini va yoqtirishini sezdirib qo‘ydi.

3

Axir... Hamida Humoyunning go‘zal xotini Beka begimni, olti yashar qizchasi Aqiqani ko‘rgan.

4

Agrada Hindol mirzoga otasidan qolgan to‘rt bog‘ning bittasi – mana shu Zarafshon berilgan edi.

5

Chunki uning bilishicha, Kabir dahshatli bir jodugar kofir bo‘lgan, el-ulusni yo‘ldan ozdirib, dindan chiqargan, shuning uchun Iskandar Lodi degan podsho Kabirning bo‘yniga tosh bog‘latib, Gang daryosiga cho‘ktirishni buyurgan.

6

To shahar hokimi – qutvol bundan xabar topib, ikki yuz navkari bilan yetib kelguncha va qirg‘inni to‘xtatguncha ikki tomondan o‘n yetti kishi halok bo‘ladi, yetmish-sakson odam yaralanadi.

7

Humoyun mirzo kemaning yuqorigi qavatida tillakori tolorda yasanib, jozibaga to‘lib o‘ltirishini, Nizom esa pastdagi tor joyda o‘n oltita eshkakchining orasida terlab-pishib eshkak eshishini ko‘z oldiga keltirdi.

8

Harakatlanib borayotgan ko‘shk ichida yolg‘iz o‘tirgan Humoyunning peshonasi ustida – sallasining old tomonida Ko‘hinur olmosi yaraqlab ko‘zni qamashtirgudek bo‘ladi.

10

Faqat bir joyda ellik-oltmishta yosh-yalanglar bir-birini itarib, surib qo‘riqchilar zanjirini xiyobon ichiga egib kirgiza boshladi.

9

Humoyun bu gavharni yilda bir marta – Navro‘z paytida peshonasiga qadab el-ulusga ko‘rinish beradi.






Savol va topshiriqlar

  1. Ajratilgan va uyushiq bo‘lakli gaplarning o‘xshashligi nimada?

  2. Ajratilgan va uyushiq bo‘lakli gaplarning farqi nimada?

3. Bir gapda ham ajratilgan, ham uyushiq bo‘lakli gap ishtirok etsa, tinish belgilari qanday qo‘yiladi?
4. «Odatda, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi». Bu ajratilgan bo‘lakmi yoki uyushiq bo‘lak?
5. «Ba’zan bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi ham mumkin». Bu ajratilgan bo‘lakka tegishlimi yoki uyushiq bo‘lakka?


Yechim:




Download 75.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling