7
|
Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh qahramon – «qizlarning qorovuli» ham shu.
|
|
8
|
-
|
Bir nimalar yozib tashlagisi keladi, ammo kunduzgi horg‘inlikmi, allaqanday qo‘rquv – jur’atsizlikmi qo‘lini chandib, o‘rnidan qo‘zg‘atmay qo‘yadi.
|
174-mashq.Gaplarni o‘qing. Tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yib, uyushiq va ajratilgan bo‘lakli gaplarni ikki guruhga ajrating, tartib raqamlari asosida jadvalga tushiring.
1. Lablari tabassum bilan ochilib, uning ichki sirini ... bu she’rni yaxshi bilishini va yoqtirishini sezdirib qo‘ydi. 2. Mamlakat to‘la qiz, tangri mening peshonamga birorta oqila-yu fozilasini bitmagani g‘alati! 3. Axir... Hamida Humoyunning go‘zal xotini Beka begimni... olti yashar qizchasi Aqiqani ko‘rgan. 4. Agrada Hindol mirzoga otasidan qolgan to‘rt bog‘ning bittasi ... mana shu Zarafshon berilgan edi. 5. Chunki uning bilishicha, Kabir dahshatli bir jodugar kofir bo‘lgan, el-ulusni yo‘ldan ozdirib... dindan chiqargan, shuning uchun Iskandar Lodi degan podsho Kabirning bo‘yniga tosh bog‘latib, Gang daryosiga cho‘ktirishni buyurgan. 6. To shahar hokimi ... qutvol bundan xabar topib, ikki yuz navkari bilan yetib kelguncha va qirg‘inni to‘xtatguncha ikki tomondan o‘n yetti kishi halok bo‘ladi, yetmish-sakson odam yaralanadi. 7. Humoyun mirzo kemaning yuqorigi qavatida tillakori tolorda yasanib... jozibaga to‘lib o‘ltirishini, Nizom esa pastdagi tor joyda o‘n oltita eshkakchining orasida terlab-pishib eshkak eshishini ko‘z oldiga keltirdi. 8. Harakatlanib borayotgan ko‘shk ichida yolg‘iz o‘tirgan Humoyunning peshonasi ustida ... sallasining old tomonida Ko‘hinur olmosi yaraqlab ko‘zni qamashtirgudek bo‘ladi. 9. Humoyun bu gavharni yilda bir marta ... Navro‘z paytida peshonasiga qadab el-ulusga ko‘rinish beradi. 10. Faqat bir joyda ellik-oltmishta yosh-yalanglar bir-birini itarib... surib qo‘riqchilar zanjirini xiyobon ichiga egib kirgiza boshladi.
P.Qodirov, «Avlodlar dovoni»
Do'stlaringiz bilan baham: |