Javoblar
1
|
Ajratilgan va uyushiq bo‘lakli gaplarning o‘xshashligi ko‘pincha shaklan yuzaga keladi. Ajratilgan bo‘laklarda ham, uyushiq bo‘laklar orasida ham vergul tinish belgisi qo‘llanadi:
1. Men, Sodiq sakkizinchi sinfda o‘qiymiz. Men, Sodiq – uyushiq bo‘laklar
2. Men, Sodiq, sakkizinchi sinfda o‘qiyman. Men, Sodiq, – ajratilgan bo‘lak
|
2
|
Ajratilgan bo‘lak bir bo‘lakning qo‘shimcha izohi hisoblansa, uyushiq bo‘laklar esa birdan ortiq alohida ma’noli bo‘laklardir.
|
3
|
Bir gapda ham ajratilgan, ham uyushiq bo‘lakli gap ishtirok etsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi:
Uyushiq bo‘laklar o‘z ichida vergul bilan ajratilsa, ajratilgan bo‘laklar esa ko‘pincha, vergul, tire va
qavs bilan ajratiladi: Mening o‘z muhabbatim bor – toza, musaffo! (Bu gapda ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklardan iborat. Ya’ni uyushiq bo‘laklar ajratilgan bo‘lak vazifasida qo‘llangan)
|
4
|
«Odatda, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi». – Bu ta’rif uyushiq bo‘lakka tegishli
|
5
|
«Ba’zan bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi ham mumkin». – Bu ta’rif ajratilgan bo‘lakka tegishli
|
Uyga vazifa
175-mashq.Tinish belgilarini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. 2. Said Xalil mehrobda turgan charm muqovali ulkan kitob Qur’onga ko‘z tashlab, go‘yo undan madad olgan bo‘ldi-yu ovoziga sehrli tus berdi. 3. Said Xalil esa yana orqa qatorda ahli saodat uchun ajratilgan ikkinchi darajali «Osoyish» kemasida o‘ltirishga majbur. 4. Chand bibi qilich taqqan beshafqat ayol haram bekasining ixtiyorida qoldi. 5. Jamna bo‘yiga yuvinishga borsa, boshqa afsonaviy daryo Sarasvati yodiga tushadi. 6. Humoyunning chodiri turgan balandlikdan Gangaga kelib qo‘shiladigan yana bir daryo Karamnasa ham ko‘rinadi.
P.Qodirov, «Avlodlar dovoni»
Yechim:
Do'stlaringiz bilan baham: |