Bu gapda ajratilgan bo‘laklar mavjud emas. vaqt allamahal bo‘lib qolgan, ko‘k betini son-sanoqsiz yulduzlar qoplab olgan edi ifodasida vergul bilan ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklar(uyushiq kesimlar) hisoblanadi. Vergullar ishlatilmasa gapning mazmuniy ifodasi buziladi.
172-mashq. She’riy matnni ifodali o‘qing. Ajratilgan bo‘laklarda ohang qoidalariga rioya qiling.
1.Ana Hulkar – yetti qiz imlar meni yiroqdan,
Oydin ko‘chalar bo‘ylab shu’lalarda oqurman.
Ulug‘bek qadam qo‘ygan bu muqaddas tuproqdan,
Ulug‘bek nigoh tikkan yulduzlarga boqurman.
2. Ikki kuch bor –
Yurak va aql,
Ikki yonga tortuvchi meni,
Ular bundoq bo‘lsa noahil,
Qay birining tutay izmini?
3. May – bahor qizining
O‘n sakkiz yoshi,
Uning ajib noz-u
Adolari bor.
Boshida gulchambar
Porloq quyoshi,
Chamanda bulbuli
Shaydolari bor.
E. Vohidov
Yechim:
Sher’iy matndagi ajratilgan bo‘laklar:
Hulkar – yetti qiz (ajratilgan izohlovchi)
Ikki kuch bor – Yurak va aql (ajratilgan izohlovchi)
May – bahor qizining (ajratilgan aniqlovchi)
173-mashq. Ajratilgan bo‘laklar nima maqsadda qo‘llanayotganligiga ko‘ra gaplarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:
1) ta’kidlash uchun ajratilgan bo‘laklar;
2) aniqlashtirish uchun ajratilgan bo‘laklar.
1. Darvoqe, o‘tgan har bir lahza asli tarix, adabiyot esa, asosan, kechgan voqelik – hodisalar tasviri bilan ish ko‘radi. 2. Ammo muallif bunda o‘tmish umr sog‘inchi yoxud odatdagi qo‘msov – nostalgiyani maqsad qilgan emas, boshqa dard, muddaolar ham borki, kitobni o‘qiganda anglaysiz. 3. Dastlabgisi – elektron pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi. 4. Otdoshing – Farhod maktabni bitiray deb qoldi, Londonga borib o‘qimoqchi, pasport olishi kerak. 5. Fikrni bir joyga jamlashga, ko‘p yillar burun kechgan o‘sha voqealarni birma-bir nazardan o‘tkazib, qay o‘rinda yoshlik qilgani – xatoga yo‘l qo‘yganini anglab yetishga kuch topolmayotir. 6. Atay sheriklaridan qochib orqadagi bo‘sh o‘rindiqqa o‘tib olgan safar guruhining rahbari – san’at arbobi Farhod Ramazon daf’atan bezovtalandi. 7. Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh qahramon – «qizlarning qorovuli» ham shu. 8. Bir nimalar yozib tashlagisi keladi, ammo kunduzgi horg‘inlikmi, allaqanday qo‘rquv – jur’atsizlikmi qo‘lini chandib, o‘rnidan qo‘zg‘atmay qo‘yadi.
E. A’zam. «Shovqin»
Yechim:
Do'stlaringiz bilan baham: |