86-dars ajratilgan bo‘lakli gaplar
O‘z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning, befarqlarning
Download 75.17 Kb.
|
N.Rasulova. 8-s. mashqlar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun eslab qoling
- So‘zlar Izohi va mazmuni 1
- Yechim: T/r
169-mashq. Berilgan izohlardan munshiy, ibtido, g‘aniy, instinkt so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun eslab qoling: 1) kotib, ish yurituvchi; 2) avval, boshlanish; 3) boy, nafsini tiygan; 4) tug‘ma sezgi. Yechim:
87–88-darslar AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLARDA OHANG VA TINISH BELGILARI 170-mashq. Berilgan gaplardagi tushirilgan tinish belgilarini qo‘yib gaplarni ko‘chiring. 1. Bu qahramonlar \\ ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog‘inuvchilar, zulm yoki beshafqatlik qarshisida bo‘yin egmovchilar \\ bularning barcha-barchasi yozuvchi yuragida tug‘ilgandir. 2. Ko‘pchilik adiblarga xos odat \\ yomon odamni bulg‘ab tashlash O‘lmas aka ijodi uchun yot narsa. 3. O‘lmas akaning Qo‘qon teatri sahnasida qo‘-yilgan birinchi sahna asarlari \\ «Sud», «Yoz yomg‘iri» qissalari zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. 4. Shulardan biri \\ O‘lmas aka 1934-yilda \\ ulug‘ shoir, alloma, siyosiy arbob, diplomat, o‘zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yilda tug‘ilganlar. 5. Keksalar \\ dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar ... avlodlariga nimalarni qoldirishyapti? 6. O‘lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa \\ nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlar yordamida turlicha yechiladi. (T. Malik) Yechim:
170-mashq. Berilgan gaplardagi tinish belgilarini qo‘yib, ajratilgan bo‘lakli gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan bo‘lakli gaplardan tinish belgilari tushirib qoldirilsa, qanday mantiqiy xatoliklar kelib chiqadi? 1. Uydagi yig‘i-sig‘idan... onasining yuraklarni ezib yuboradigan nidolaridan uzoqda... kechgacha ko‘chama-ko‘cha sandiroqlab yuradigan bo‘lib qoldi. 2. Shu yerlik hamkasbi... urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: «Otpuskangni bir gal bizning shaharda o‘tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmaydi», – deb chaqirtirib kelgan edi. 3. Qop-qora sochini jingalak-jingalak qilib taragan... ingichka... ilonizi nusxa galstuk taqib... kifti keng kostum kiygan o‘rta bo‘yli yigitga ilgarilari havas bilan qaragan odamlar endi uni ko‘rishsa... chetlab o‘tadigan bo‘lib qolishdi. 4. Mirsiddiq bu qishloq qayerda o‘zi... uzoqmi, yaqinmi – surishtirmadi. 5. Do‘simboy ota boshidagi yangi marg‘ilon do‘ppisini olib... tizzasiga urib changni qoqqan bo‘ldi, ko‘kragiga tushib turgan moshkichiri soqolini tutamlab og‘ir xo‘rsindi. 6. Ular klubdan chiqishganda vaqt allamahal bo‘lib qolgan... ko‘k betini son-sanoqsiz yulduzlar qoplab olgan edi. O‘.Umarbekov Yechim:
Download 75.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling