86-dars ajratilgan bo‘lakli gaplar


Download 75.17 Kb.
bet11/20
Sana07.10.2023
Hajmi75.17 Kb.
#1694397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
N.Rasulova. 8-s. mashqlar tahlili

T/r

Gaplar

Tushirilgan tinish belgilarining qo‘yilishi

Izoh

1

Uydagi yig‘i-sig‘idan... onasining yuraklarni ezib yuboradigan nidolaridan uzoqda... kechgacha ko‘chama-ko‘cha sandiroqlab yuradigan bo‘lib qoldi.

Uydagi yig‘i-sig‘idan, onasining yuraklarni ezib yuboradigan nidolaridan uzoqda, kechgacha ko‘chama-ko‘cha sandiroqlab yuradigan bo‘lib qoldi.

Ushbu gap O‘lmas Umarbekovning “Yulduzlar” hikoyasidan olingan.
Ajratilgan to‘ldiruvchi qatnashgan. Vergullar ishlatilmasa gapning mazmuniy ifodasi buziladi.

2

Shu yerlik hamkasbi... urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: «Otpuskangni bir gal bizning shaharda o‘tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmaydi», – deb chaqirtirib kelgan edi.

Shu yerlik hamkasbi, urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: «Otpuskangni bir gal bizning shaharda o‘tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmaydi», – deb chaqirtirib kelgan edi.

Ushbu gap O‘lmas Umarbekovning “Hayot qo’shig‘i” hikoyasidan olingan.
Ajratilgan izohlovchi (ega) qatnashgan. Vergul ishlatilmasa gapning mazmuniy ifodasi buziladi.

3

Qop-qora sochini jingalak-jingalak qilib taragan... ingichka... ilonizi nusxa galstuk taqib... kifti keng kostum kiygan o‘rta bo‘yli yigitga ilgarilari havas bilan qaragan odamlar endi uni ko‘rishsa... chetlab o‘tadigan bo‘lib qolishdi.

Qop-qora sochini jingalak-jingalak qilib taragan, ingichka, ilonizi nusxa galstuk taqib, kifti keng kostum kiygan o‘rta bo‘yli yigitga ilgarilari havas bilan qaragan odamlar endi uni ko‘rishsa, chetlab o‘tadigan bo‘lib qolishdi.

Ushbu gap O‘lmas Umarbekovning “Yulduzlar” hikoyasidan olingan.

Download 75.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling