5
|
Ayni vaqtda, «muhmali g‘alla», ya’ni qop kiyadigan darajaga yetganini ham aytib, o‘z ahvoliga kinoya qilmoqda edi. (A.Qodiriy)
|
«muhmali g‘alla», ya’ni qop kiyadigan darajaga yetganini – vositasiz to‘ldiruvchi
(ajratilgan bo‘lak to‘ldiruvchining ma’nosini izohlamoqda)
|
Ajratilgan to‘ldiruvchidan oldin vergul qo‘yilgan
|
6
|
Binoiy avvalgi ruboiysiga kamtarona baho berib, uni «muhmal» – «xom» deb atagani ham ajoyib edi. «Muhmal»ga «musta’mal», ya’ni «pishiq», «mukammal» so‘zining ichki qofiya qilingani ham Boburga juda yoqdi, u munshiyni chaqirib, mulla Binoiy aytgan ruboiylarni yozib olishni buyurdi. (P. Qodirov)
|
«musta’mal», ya’ni «pishiq», «mukammal» – sifatlovchi aniqlovchi
(ajratilgan bo‘lak aniqlovchining ma’nosini izohlamoqda)
|
Ajratilgan aniqlovchidan oldin vergul qo‘yilgan
|
166-mashq. Berilgan ilmiy matnni jadval ko‘rinishida ifodalang va og‘zaki bayon etishga tayyorlaning
Gapda biror bo‘lakning ma’nosi so‘zlovchi nazarida noaniqroq bo‘ladi va uning ma’nosini aniqroq berish, izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo‘lakni gapga kiritadi. Masalan, Men ishni mana shundan boshladim gapida shundan to‘ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so‘zlovchi aniqroq ma’noli boshqa bir to‘ldiruvchini gapga kiritadi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan, boshladim.
O‘zidan oldingi bo‘lakni izohlagan bunday bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi. Ajratilgan bo‘lak quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) ajratilgan to‘ldiruvchi: Oyimni, ya’ni Xosiyat Suvonovani, mukofotlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |