9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja


Keng tо‘lqinli astronomiyaning shakllanishi


Download 226.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana31.01.2024
Hajmi226.23 Kb.
#1829379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3. Ochiq dars ishlanmasi

 
Keng tо‘lqinli astronomiyaning shakllanishi 
Elektromagnit nurlanishning chastotasi juda keng bо‘lib, yorug‘lik 
nurlanishi, uning kichik bir qisminigina tashkil etadi. Barcha diapozonda 
elektromagnit nurlanishlarning majmuasi elektromagnit nurlanishning spektrini 
beradi. Ma’lumki nurlanish, aniq kattalikdagi energiya bilan xarakterlanuvchi 
kvantlar kо‘rinishida tarqaladi. Kvantlarning energiyasi nurlanishning chastotasi 
bilan bog‘liq bо‘lib, ularning energetik birligi sifatida elektron volt olinadi. Bu, 
potensiallar farqi 1 volt bо‘lgan elektr maydonida tezlatilgan erkin elektronning 
olgan energiyasiga teng bо‘lib, 1,6 
.
10
-19 
J ni tashkil etadi. 
Kо‘zga kо‘rinadigan yorug‘lik nurlari, elektromagnit nurlanishlar spektrida 
3900 A
o
dan 7600 A
o
gacha bо‘lgan sohanigina о‘z ichiga olib, kvantlarining 
energiyasi 1eV dan kichik bо‘ladi. Astrofizikada qо‘llaniladigan elektromagnit 
tо‘lqin uzunliklarining shkalasi esa, energiyasi 10
-6
eV (metrli radiotо‘lqinlar) dan 
to bir necha Mev (millionlab elektron volt) gacha ya’ni tо‘lqin uzunligi 0,1 A
o
dan 
kichik nurlanishlargacha davom etadi.
Hamma chastotadagi elektromagnit tо‘lqinlar, vakuumda bir xil – yorug‘lik 
tezligiga teng tezlik bilan tarqaladilar. Ixtiyoriy chastotadagi kvantning energiyasi 
uning chastotasiga proporsional bо‘lib: 



hc
h


ifodadan topiladi, bu yerda proporsionallik koeffitsiyenti 
с
Ж
h




34
10
625
,
6
– 
Plank doimiysi deyiladi. 
Energiyasi 1 eV ga tо‘g‘ri keladigan kvant, spektrning infraqizil 
diapozonida yotib, tо‘lqin uzunligi


=12400 A
o
(yoki chastotasi


=2,42
.
10
14
Gs) ga tо‘g‘ri keladi. 3900 A
o
dan 100 A
o
bо‘lgan soha 
ultrabinafsha nurlanishlarga tegishli bо‘lib, shundan 3900 A
o
dan 3100 A
o
gacha 
qismi, shartli ravishda, yaqin ultrabinafsha,  3100 A

dan qisqa tо‘lqin uzunligidagi 
qismi– uzoq ultrabinafsha soha deyiladi. 100 A
o
dan 0,1 A
o
gacha oralikdagi 
diapozon rentgen nurlarga, 0,1 A
o
dan qisqa diapozon esa gamma nurlarga 
tegishli sohalar hisoblanadi. 


7600 A
o
dan 150000 A
o
gacha bо‘lgan diapozon yaqin infraqizil, 150000A
o
dan 1 mm gacha esa, uzoq infraqizil soha deyiladi. 1mm dan о‘nlab metrgacha 
bо‘lgan elektromagnit nurlanishlar spektrning diapozoni radionurlarga tegishli 
uchastka hisoblanadi. 
1- rasm.Yer atmosferasida turli tо‘lqin uzunligidagi nurlarning yutilishi.
Yer atmosferasi, elektromagnit spektrning barcha diapozonida astronomik 
kuzatishlarni olib borishga imkon bermaydi. U optik nurlanishlarni yaxshi 
о‘tkazgani holda, yaqin ultrabinafsha sohadan tashqari qisqa tо‘lqinli nurlanishlar 
(uzoq ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlarni) uchun ham tiniq emas. Xususan 
infraqizil diapozon (10000 A

dan ortiq tо‘lqin uzunligidagi nurlanishlar), asosan 
suv bug‘lari va is gazi molekulalari tomonidan kuchli yutiladi (1–rasm). Yer 
atmosferasi, radiodiapozonning 1 sm dan 20 sm gacha, 1 sm dan qisqa diapozonda 
– 1 mm, 4,5 mm va 8 mm li qismlari uchun tiniq bо‘lib, bu diapozonlarga tegishli 
boshqa radionurlarni deyarli о‘tkazmaydi. Tо‘lqin uzunligi bir necha о‘n metrdan 
ortiq diapozondagi radionurlar esa, Yer atmosferasining tashqi qatlamlari 
tomonidan keskin sochilishi va qaytarilishi hisobiga Yer sirtigacha yetib kela 
olmaydi. 

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling