9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
Radioteleskoplar Asrimizning 30 yillarida kо‘plab osmon jismlari, jumladan gaz-chang tumanliklar radiodiapozonda nurlanishlari ma’lum bо‘ldi. Osmon jismlarida millimetrli diapazondan to о‘nlab metrgacha tо‘lqin uzunligida kelayotgan radionurlarni qayd qilishga mо‘ljallangan teleskoplar-radioteleskoplar deb yuritiladi. Radioteleskoplarning asosiy qismlari antenna va priyomnik bо‘lib kо‘pincha paroabolit shaklida ishlanadi. Antenadan qaytgan radionurlar parobaloidning fokusidan joy olgan nurlatgich (obluchatel) nomi qurilmada yig‘ilib sо‘ngra maxsus tо‘lqin uzatgich (volnovod) yordamida priyomnikka yо‘naltiriladi. Signal priyomnikda kuchaytirilgach detektorlanadi va sо‘ngra maxsus о‘zi qayd qilgich asbobda (samopisesda) yozib olinadi. Priyomnik kuchaytirgichi kanday tо‘lqin uzunligiga mо‘ljallangan bо‘lsa, ob’ekt о‘sha monoxromatik radionurda kuzatilayotgan bо‘ladi. Radioteleskoplarning metall kо‘zgusini anikligiga talab, optik teleskoplarnikiga nisbatan ancha past bо‘lib (tо‘lqin uzunligi katta radiotо‘lqinlar bilan ish qurilganligi tufayli) uning berilgan parabolik shakldan chetlanishi, tо‘lqin uzunligida ishlayotgan radioteleskop uchun /8 dan katta bо‘lmasligi lozim. Masalan: 1 metrli diapazonda ishlaydigan teleskoplar antennasining eslatilgan chetlanishi 12,5 santimetrgacha borishga ruxsat etiladi. Bir necha metrdan о‘nlab metrgacha diapazondagi radionurlarni qayd qilish uchun, parobalik antennalar о‘rniga ba’zan kо‘p sonli antennalar qо‘llaniladi. Radioteleskoplarni ajrata olish kuchini belgilash uchun, yо‘nalganlik diagrammasi deyiluvchi maxsus xarakteristikadan foydalaniladi. Yо‘nalganlik diagrammasi radioteleskopning antennaga nisbatan joylashgan radionurlanishning nuqtaviy manbai holatiga kо‘ra sezgirligini xarakterlaydi. Parabolik antennali radioteleskopning yо‘nalganlik diagrammasi paroboloid о‘qiga nisbatan simmetrik bо‘ladi. Radioteleskopning burchagi ajrata olish kuchi, ya’ni teleskop alohida ob’ektlar sifatida qayd qila oladigan ikki ob’ekt orasidagi eng kichik oraliq taxminan yо‘nalganlik diagrammasi markaziy bargining yarim quvvatiga tо‘g‘ri kelgan kengligiga teng burchak bо‘lib, u quyidagicha topiladi: D bu yerda -radioteleskop ishlayotgan radiotо‘lqin uzunligini, D- antennaning diametrini xarakterlaydi. Radioteleskoplar kо‘zgusini diametri yirik bо‘lishiga qaramay, ular katta tо‘lqin uzunliklarida ishlaganliklari tufayli optik teleskoplarga qaraganda, ajrata olishning quvvati bо‘yicha ulardan qolishadi. Biroq, radioteleskoplar radiointerferometr sifatida ishlaganda juda yukori ajrata olish kuchiga erishish mumkin. Oddiy radiointerferometr bir-biridan bazis deyiluvchi anchayin katta masofaga eltilgan ikki radioteleskopdan tashkil topib radioteleskoplarning ma’lum ob’ektdan nurlatkich (obluchatel)lar yordamida qayd qilinayotgan signallar kabilar orqali bitta priyomnikka uzatiladi. Ma’lum bazisli radiointerferometrda aniq manbadan tо‘lqin uzunligida signal qabul qilinayotgan bо‘lsa, ob’ektdan bu ikki teleskopga kelayotgan nurlar yо‘lning farqi - L butun sonli tо‘lqin uzunliklariga teng bо‘lganda: L= a sin =n signallar priyomnikka bir xil fazada kelganidan qо‘shiladi. Agar 2 1 n L bо‘lsa, signallar qarama-qarshi fazada keladi va oqibatda, qayd qilinadigan signal, ularning amlitudalarining farqiga teng bо‘ladi. Natijada radiointerferometrning yо‘nalganlik diafragmasi bitta radioteleskopnikidan farqli о‘laroq, bazisdan о‘tgan tekislik bilan kesilganda, tor bargchalardan iborat kо‘rinishda bо‘lib, ikki qо‘shni bargchalar maksimumlari yoki minimumlari orasidagi burchak : a a n a n arcsin 2 1 arcsin orqali topiladi. Bu yerda - radiointerferometrning ajrata olish kuchini xarakterlab, a-bazis juda katta bо‘lganda, u juda yuqori bо‘lishini tushinish qiyin emas. Masalan: = 1 m bazis a = 1000 km bо‘lganda, radiointerferometrning ajrata olish kuchi 6 20 , 0 0 6 60 73 , 5 10 1 6 м м ga teng bо‘ladi. Demak bunday interferometr yordamida metrli diapazonda bir biridan 2 , 0 li yoy masofagacha joylashgan ob’ektlarni ajratib qurish mumkin. Bunday interferometrlar ob’ektning burchakli razmerini va ma’lum bir koordinatasi bо‘yicha radioravshanlikning taqsimlanishini aniqlashga imkon beradi. Oxirgi yillarda antennalar va priyomniklar turli qit’alarda joylashgan radiointerferometrlar yordamida kuzatish usuli ishlab chiqildi. Bunday usul yordamida kuzatish natijasida interferometrning ajrata olish kuchi 3 000 , 0 ga yetdi. Mazkur kuzatishda ishtirok kilgan uchta radioteleskopning biri Avstraliyada (65 metrli), ikkinchisi Rossiyada (22 metrli) va uchinchisi AQSh da joylashgan edi. Ayni paytda planetamizning turli qit’alarida о‘nlab о‘tasezgir radioteleskoplar ishlab turibdi. Kо‘zgularining diametri 65 metr (Avstraliya), 76 metr (Angliya), 100 m (GFR), 300 m (AQSh) va 600 m (Rossiya) keladigan radioteleskoplar astronomlarga, Koinotning yuzlab tabiiy radiomanbalaridan tinimsiz ma’lumotlar berib turadilar. 3-rasm О‘zbekiston xududida Jizzax viloyatining Zomin tumanida, tog‘ etagining Supa degan joyida, metall kо‘zgusining diametri 70 metr bо‘lgan yirik radioteleskop kurilmokda. 4-rasm Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling