9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja


Download 226.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana31.01.2024
Hajmi226.23 Kb.
#1829379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3. Ochiq dars ishlanmasi

 
Reflektorning asosiy turlari 
Reflektorlar, kuzatish maqsadlariga kо‘ra, bir necha turdagi sistemalarda 
ishlatilishi mumkin. Bevosita ob’ektivining fokusida kuzatish mо‘ljallangan 
teleskop 

tо‘g‘ri fokusli reflektor deyiladi. 
Astrofizik tadqiqotlarda yoritgichdan kelayotgan nurdan maksimal 
foydalanish juda muhim. Biroq refraktorlar linzasining shisha materiali, nurni 
kuchli yutib, (ayniqsa ultrabinafsha sohasida) kо‘zguga, fotografik emulsiyaga 
yohud fotoelektrik qayd qilgichga tushayotgan nurni keskin chegaralaydi. 
Shuningdek, fotomateriallarning va fotoelektrik qayd qilgich asboblarning 
sezgirlik chegarasi, kо‘znikiga nisbatan keng bо‘lganidan ularda xromatik 
aberrasiyaning ta’siri ham katta bо‘ladi. Shuning uchun ham astrofizik maqsaddagi 
kuzatishlarda refraktorlar о‘rniga reflektor keng qо‘llanadi. 
Astrometriyada hozirga qadar ham refraktorlar qulay instrument hisoblanadi. 
Buning sababi, reflektorlarning kichik miqdorda bо‘lsada beixtiyor burilishlarga 
juda sezgirligidadir. Agar reflektor kо‘zgusiga tushayotgan nur ma’lum 


burchakka og‘sa, undan qaytayotgan nurning yо‘nalishi 


2
burchakka og‘adi va 
bu, fotoplastinkada ob’ekt tasvirining sezilarli siljishiga olib keladi. Refraktorda 
nurning bunday kattalikdagi burchakka (

) beixtiyor burilishi, tasvirni nisbatan 
juda kichik miqdorgagina siljishiga sabab bо‘ladi. Bu esa, asosiy maqsadi 
yoritgichlarning о‘rnini aniq о‘lchashdan iborat bо‘lgan astrometriya uchun juda 
muhimdir. Shuning uchun ham refraktorlar astrometriyaning asosiy instrumenti 
hisoblanadi. 
Kо‘zguli teleskoplarda tasvir, uning optik о‘qi yaqinidan qaytgan nurlarda 
juda tiniq chiqib, bosh optik о‘qdan uzoqda qaytgan nurlarda u buzila boshlaydi 
(о‘qdan tashqari aberrasiya tufayli). Shuning uchun ham reflektorlar yordamida 
osmonning taxminan 
0
5

0
5
dan katta maydonini rasmga olish maqsadga muvofiq 


bо‘lmaydi. Buning uchun maxsus kо‘zguli-linzali teleskoplardan foydalanishga 
tо‘g‘ri keladi. 

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling