9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja


Download 226.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana31.01.2024
Hajmi226.23 Kb.
#1829379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3. Ochiq dars ishlanmasi

Astrofizik instirumentlar 
Teleskoplar-astrofizik tadqiqotlar qilishda astronomlarning asosiy quroli bо‘lib 
xizmat qiladi. Birinchi teleskop 1609 yili italyan olimi Galiley tomonidan ishga 
tushirilib, olim о‘z instrumenti yordamida birdaniga bir nechta kashfiyot qildi. 
Xususan u Oyning relefi Yernikiga о‘xshashligini, Yupiter atrofidagi 4 
yо‘ldoshini, Quyoshning dog‘ini va Somon yо‘lini yulduzlar tashkil qilganligini 
aniqladi. Bu kashfiyotlar, teleskopning osmon jismlarining tabiatini о‘rganishda, 
juda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ma’lum qilib, astronomiyada yangi 
eraning ochilishidan darak berdi. Teleskopning ixtiro qilinishi, astrofizikada 


muhim voqea bо‘lib, u Olam tuzilishi haqida ilmiy dunyoqarashning 
shakllanishida katta rol о‘ynadi. 
Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1) Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (kо‘z, fotografik plastinka, 
fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida);
2) ob’ektiivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki osmon 
qismining tasvirini yasash;
3) qurollanmagan kо‘z bilan qaralganda ajratib kо‘rib bо‘lmaydigan, о‘zaro juda 
kichik yoy masofada joylashgan ob’ektlarni ajratib kо‘rsatish. 
 
Teleskopning asosiy qismi ob’ektiv-qavariq linzadan yoki botiq sferik 
kо‘zgudan yasalgan bо‘lib, u о‘z tekisligiga yoritgichdan tik yо‘nalishda 
kelayotgan nurlarni yig‘ib, fokal tekisligida, uning tasvirini yasaydi. Agar nurni 
qayd qilish kо‘z yordamida bajariladigan bо‘lsa, u holda ob’ektiv tomonidan 
yasalgan tasvirga qarash uchun okulyar zarur bо‘ladi.
 
Optik va radioteleskoplar. Ularning xarakteristikalari
 
Teleskoplar, ob’ektivining turiga kо‘ra, ikkiga 

refraktor va reflektorga 
bо‘linadi. Refraktorda ob’ektiv sifatida qabariq linza, reflektorda esa botiq sferik 
kо‘zgu ishlatiladi. 
1 -rasmda oddiy refraktorda nurning yо‘li tasvirlangan. Bunda teleskop 
ob’ektivi, yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi F da yig‘adi va shu nuqtadan 
bosh optik о‘qqa tik о‘tuvchi tekislikda (fokal tekisligida) yoritgichning tasvirini 
yasaydi. Yasalgan tasvirga kattalashtiruvchi linza (okulyar) yordamida qarab, 
quzatilayotgan osmon jismining (planeta, Oy yoki Quyosh) burchak о‘lchamining 
kattalashganini kо‘ramiz. Binobarin teleskop bizga, qaralayotgan osmon jismini 
ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bо‘lamiz. Yasalgan 
tasvirning ravshanlashishi, teleskop ob’ektivining diametriga va fokus masofasiga 






F
D
bog‘liq bо‘lgani holda, uning kattalashtirishi ob’ektiv va okulyarning fokus 
masofalariga bog‘liq bо‘ladi. Tasvir fotoplastinkada yohud fotoelektrik yо‘l bilan 
qayd qilinadigan bо‘lsa, okulyar kerak bо‘lmay, fotoplastinka yoki 
elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal tekisligida 
joylashadi. 
Birinchi refraktor rusumli teleskop italiyalik mashhur olim G.Galiley 
tomonidan 1610 yilda ishga tushirildi. 
Refraktorning ob’ektividan nur sinib о‘tganligi tufayli, uning fokal 
tekisligida nuqtali ob’ektning tasviri nuqta о‘rniga, rangli konsentrik halqalar 
kо‘rinishida bо‘ladi. Bu hodisa xromatik aberratsiya deyilib, turli tо‘lqin 
uzunlikdagi nurlar uchun, linza, turlicha nur sindirish koeffisientiga ega 
ekanligidan sodir bо‘ladi. Bunday teleskoplarda xromatik aberrasiya, turli nur 


sindirish kо‘rsatgichiga ega bо‘lgan ikki xil shishadan tayyorlangan linza-ob’ektiv 
(axromat) yordamida ma’lum darajada kamaytiriladi. Ma’lum nurning qaytish 
qonunlari uning tо‘lqin uzunligiga bog‘liq bо‘lmaydi. Shuning uchun ham 
xromatik aberrasiyani kamaytirish maqsadida linzali ob’ektiv qaytaruvchi sferik 
kо‘zgu bilan almashtirildi. Sferik kо‘zguli birinchi teleskop

reflektor taniqli ingliz 
fizigi I.Nyuton tomonidan ishga tushirildi. 
Sferik kо‘zgudan qaytayotgan nurning nuqtaviy tasvir hosil qilmay bunday 
buzilishi, sferik aberratsiya deb yuritiladi. Agar kо‘zguga aylanma paraboloid sirt 
berilsa edi, u holda sferik aberratsiya yо‘qolib, tasvir nuqtaviy kо‘rinish olar edi. 
Shuning uchun ayni zamonning teleskoplarining ob’ektivlari paraboloidal formada 
yasaladi.

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling