9 – sinfda Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar”asarini interfaol usuldan foydalanib o`tish


Download 1.15 Mb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1600817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’TGAN KUNLAR (ABDULLA QODIRIY)ROMANIDA AKS ETGAN MILLAT RUHINI MUJASSAM ETGAN O’ZIGA XOS URF-UDUMLAR,AN’ANALAR,QADRIYATLAR,MILLATNING AXLOQI,IRODASI,E’TIQODI YAXLIT HOLDA MILLIY RUHNI TAHKIL QILISHINI IZOHLANG


,,O`TKAN KUNLAR’’ ROMANI TO`G`RISIDA.
Otabek,Kumush
Yusufbek hoji
Mirzakarim qutidor
Oftob oyim
Zaynab
,,O’tkan kunlar”romanidagi asosiy personajlar

Kutilmagan baxt. Bu qismda qanday voqealar tasvirlangan? Kim aytib beradi?

Ota – ona orzusi nima edi va bu orzu nimalarga sabab bo`ldi? Qahramonlarimiz boshiga qanday baxtsizliklar olib keldi? Kim bularni birma – bir sanab beradi?


1. Ota-ona orzusi Otabekni arosatda qoldirdi.

Bu asardan o`zbek qizlari nimani o`rganishlari mumkin(sinfdagi yigit bolalar sanab bersin)? Yigitlarimiz uchun qanday tarbiyaviy ahamiyati bor(qizlar sanab bersin)?


Otabek Yusufbek Hoji o‘g‘li
1264 inchi hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitiladir...
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilgan bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musorlar ila to‘a. Saroy ahli kunduzgi ish-kuchlaridan bo‘shab hujralariga qayt ganlar, ko‘p hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning uchun kunduzgiga qaraganda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek.
Saroyning to‘rida boshqalarga qaraganda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, ularda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora charog‘ sasiganda, bu hujrada sham’ yonadir, o‘zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo‘lganida bu hujr aning egasi boshqacha yaratilishda: og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko‘zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog‘idan, ham ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. Qandog‘dir bir xayol ichida o‘lturguchi bu yigit Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo‘lgan Yusufbek hojining o‘g‘li – Otabek.
Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan birovi darboza yonidagi kimdandir so‘radi:
– Otabek shu saroyga tushkanmi?
Bizga tanish hujra ko‘rsatilishi bilan ular shu tomonga qarab yurdilar.
Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to‘la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit bo‘lib, Marg‘ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otlik o‘g‘lidir; ikkinchisi uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lgan ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshigina davlatmand bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «Homid xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar Homid orqasidan so‘zlashkanda uning otiga taqilgan laqabni qo‘shib aytmasalar, yolg‘iz «Homidboy» deyish ila uni tanita olmaydirlar. Homidning Otabek bilan tanishligi bo‘lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh – Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog‘asi.
Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelguchilarni ulug‘lab qarshiladi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling