9 – sinfda Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar”asarini interfaol usuldan foydalanib o`tish


Download 1.15 Mb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1600817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’TGAN KUNLAR (ABDULLA QODIRIY)ROMANIDA AKS ETGAN MILLAT RUHINI MUJASSAM ETGAN O’ZIGA XOS URF-UDUMLAR,AN’ANALAR,QADRIYATLAR,MILLATNING AXLOQI,IRODASI,E’TIQODI YAXLIT HOLDA MILLIY RUHNI TAHKIL QILISHINI IZOHLANG

Bek oshiq
Saroy tinch uyquda, tun yarim. Hasanali hujraning uzun burama qulufini ochib ichkariga sham’ yoqdi va bekning to‘shagini yozib uning kirib yotishini kutib turdi. Ammo Otabek nima uchundir tez kira bermadi. Hujra eshigini ochilganidan, sham’ yoqilib, o‘rin yozilganidan go‘yo xabarsiz kabi ustunga suyalgancha qotib turar edi.
– O‘rningizni yozdim, bek.
Otabek bu so‘z bilan hujraga kirdi va borib to‘shagi yoniga o‘lturdi. Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turar, chunki uni yotquzib, yoqilgan sham’ni o‘zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. Biroq Otabek to‘shagi yonig‘a o‘lturdi-da, yana o‘ylab qoldi... Otabek bir necha kunlardan beri Hasanalining ko‘ziga boshqacha ko‘rinar edi.
Hasanali Otabekda shu kungacha ko‘rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan beri ajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari xayol ichida barchani unutib qo‘yishi va boshqa ishlarga e’tibor va parvosizligi edi.
Hasanali bekning hozirgi ipidan-ninasigacha bo‘lgan qiziq holini uzoq kuzatib turdi. Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham Hasanali kuzatishidan zerikdi.
– Menda yumushingiz yo‘qmi?
Otabek bu gapni anglamadi, shekillik, Hasanalining yuziga ko‘tarilib qaradi-da, yana ko‘zini bir nuqtaga tikib qoldi.
Bu holatdan Hasanalining andishasi ortib, bekning bunchalik angravlan ishig‘a qanday ma’no berishini ham bilmas edi.
Otabek shu holda tag‘in qanchagachadir o‘lturdi, nihoyat uyqudan uyg‘ongan kishidek cho‘chib o‘zini kuzatkuchiga qaradi:
– Chiqib yotmaysizmi?
– Menda yumushingiz yo‘qmi?
– Nima yumushim bo‘lsin, sham’ni ham olib keting.
Hasanali sham’ni olib, o‘z hujrasiga chiqdi. Uning hujrasi Otabekning bilan bir qatorda bo‘lib, gazmol, poyabzal va shuning singari mollar ila to‘lgan va Otabekdan boshqa, alohida hujrada turishi ham shu mollarni saqlab yotish uchun edi. Hasanali o‘rnini yozar ekan «tavba» deb qo‘ydi.
Yuqorida so‘zlanganidek, Otabekdagi bu holatni biror haftalardan beri payqasa ham, hozirgidek andishaga tushmagan va bunchalik diqqat etmagan edi. Xo‘jazodasidagi bu holat uni har turlik mulohazalarga olib keta boshladi. To‘shagi ustiga o‘lturib, oq soqolini o‘ng qo‘li bilan tutamlab o‘ylar edi: savdo to‘g‘risida biror xato qildimi, Ziyo shohichinikida taomdan tuzukroq totinmadi, biror og‘rig‘i bormikan... Musofirchiliqda og‘risa... Ammo bu mulohazalarining bittasiga ham o‘zi qanoatlanmadi.
Zero, savdo to‘g‘rilari undan yashirin emas, og‘riganda ham, albatta, shikoyat eshitar edi.
O‘ylab-o‘ylab bir narsaga ham aqli yetalmagach, o‘rnidan turib toqchada yonib turgan sham’ni o‘chirdi. Hujra orqa-o‘ngni ajratib bo‘lmaslik ravishda qorong‘ilandi. Qorong‘ida turtinib hujra eshigiga keldida, avaylab g‘ijirlatmay eshikni ochdi va sekingina tashqariga bosh chiqarib saroyni kuzatdi. Kishi yo‘qliqqa qanoat hosil etib, mahsichan oyog‘ini ohista qo‘yib Otabek hujrasining yonida to‘xtadi, saroyni yana qarab chiqdi.
Saroy qop-qorong‘i, tinch uyquda, ammo bu tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kart-kurt xas hak chaynashlari va atrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarigina buzar edilar. Hasanali sekingina daricha ostiga yotib hujra ichiga quloq soldi. Hujra ichi tinch edi. Oradan uch-to‘rt daqiqa fursat o‘tib hujradan ship etkan tovush eshitmadi. Tag‘in bir necha daqiqa quloq uzmay turib, so‘ngra o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lgan edi, ichkaridan «ufff» degan ixrash eshitdi. Hasanalining quloqlari tikkayib o‘rnidan turdi, ko‘zi olalangan edi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling