9 – sinfda Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar”asarini interfaol usuldan foydalanib o`tish


Download 1.15 Mb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1600817
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’TGAN KUNLAR (ABDULLA QODIRIY)ROMANIDA AKS ETGAN MILLAT RUHINI MUJASSAM ETGAN O’ZIGA XOS URF-UDUMLAR,AN’ANALAR,QADRIYATLAR,MILLATNING AXLOQI,IRODASI,E’TIQODI YAXLIT HOLDA MILLIY RUHNI TAHKIL QILISHINI IZOHLANG

Toshkand ustida qonliq bulutlar
Bu kunlarda Marg‘ilonda shunday xabar chiqib qoldi.
«Toshkand hokimi bo‘lg‘an Azizbek Qo‘qong‘a qarshi bosh ko‘targan. Xon tomonidan xiroj (zakot, soliq) uchun yuborilg‘an devon beklarini o‘ldirgan!» Ikkinchi kun bu xabar tag‘i ham boshqacha to‘n kiydi: «Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo‘shib, Toshkand ustiga jo‘natqan!»
Bu xabarlar xalq tomonidan juda oddiy, ortiqcha sovuqqonlik bilan qarshi olindilar. Bu voqeaga hech kim ajabsinmadi va bunda favquloddalik ko‘rmadi. Xalq bunga haqli edi, chunki bunday tinchsizliklarni endi ko‘ra-ko‘ra juda ham o‘rganib qolgan, bu kun bo‘lmasa ertaga o‘zining botirboshisining, oftobachisining, xullas, kim bo‘lsa ham beklaridan birining shunday tinchsizlik chiqarishiga «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» deb qarar edi.
Ammo biz Otabekni bu to‘g‘rida xalq bilan birgalashtira olmaymiz. Chunki ul bu xabarga sovuqqonlik bilan qaray olmas edi va qaray olmadi. Bu xabarni eshitar ekan, yeb turgani og‘zida, yutkani bo‘g‘zida qoldi: bunday o‘zboshimchalik orqasidan o‘zining ochiq ko‘zi, o‘tkir zehni orqalik mudhish, falokatlik manzaralar ko‘rar, millatini – xalqini – musulmonini qo‘rqunch jar, tegsiz jahannam yoqasida, yiqilish oldida topar edi-da, seskanib: «O‘zing saqla, Tangrim!» – der edi. Bu xabarni eshitkandan so‘ng gangib esini yo‘qotdi. Yarasi yangilandi: oq bilan qorani ajratolmagan fuqaroning bir necha g‘arazgo‘y mustabidlar kayfi yo‘lida bir-birisining qoniga tashna bo‘lishlari va natijada istiqbolning vahm ko‘rinishlari!
Shunday qayg‘ular ichida bo‘kib o‘lturar ekan, Hasanali qo‘lida bir maktub bilan hujraga kirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Abbos Bakirov «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan flmda Yusufbek hoji rolida
Azizbek o‘rda darbozasig‘a osilg‘an ikki gavdani ko‘rsatib so‘ radi:
«Fuqaro! Ko‘rasizmi bu ikki gunohkorni, nima uchun bu jazog‘a mustahiq bo‘ldilar?»
Xalq:
«Bilmaymiz, taqsir».
Azizbekning o‘zi javob berdi:
«Bular Musulmon cho‘loqni sarkardalaridan, qipchoqlarning yo‘lboshchilaridan va qora choponning dushmanlaridan bo‘lgan ikki to‘ng‘izning gavdalari! Men bularni siz qora chop on fuqarom tomonidan o‘ch uchun o‘ldirdim, siz qora chopon og‘aynilarning qipchoq qo‘lida shahid bo‘lg‘an qarindoshlaringizning ruhlarini shodlandirmoq uchun o‘ldirdim!
Yoki bu harakatim adolatdan emasmi, fuqaro!»
Xalq javob berdi:
«Adolat! Xo‘b qilg‘ansiz, taqsir! Qipchoqlarning jazolari
shunday bo‘lmog‘i kerak!»

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling