9 – sinfda Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar”asarini interfaol usuldan foydalanib o`tish
Download 1.15 Mb.
|
O’TGAN KUNLAR (ABDULLA QODIRIY)ROMANIDA AKS ETGAN MILLAT RUHINI MUJASSAM ETGAN O’ZIGA XOS URF-UDUMLAR,AN’ANALAR,QADRIYATLAR,MILLATNING AXLOQI,IRODASI,E’TIQODI YAXLIT HOLDA MILLIY RUHNI TAHKIL QILISHINI IZOHLANG
To‘y, qizlar majlisi
Qutidorning tashqarisiga er mehmonlar, ichkarisiga xotin mehmonlar to‘lganlar, ular quyuq, suyuq oshlar, holva, nisholdalar bilan izzatlanadirlar. Tashqarida bir qo‘sha sozandalar dutor, tanbur, g‘ijjak, rubob, nay va amsoli sozlar bilan dunyoga jon suvi sepib shaharning mashhur hofizlari ashula aytadirlar. To‘y juda ham ruhlik... Ichkarida xotinlar majlisi: onalarcha aytkanda, ular qum tuproqdek ko‘b, biroq majlisning borishida tartib yo‘q, havli yuzi va uylar xotinlar bilan to‘lgan, qaysi havli yuzida bir tovoq oshni yeb o‘ltur adir, kim yig‘lagan bolasini ovitish bilan ovora, birov yor-yor o‘qub, tag‘in bittasining quvonchi ichiga sig‘may xaxolab dunyoni buzadi, xullas, bag‘-bug‘ yetti qat ko‘kdan oshadir... Oftob oyim qayg‘uliroq, tusi biroz siniqqansumon... Mehmon kutib charchaganidanmi, nimadan bo‘lsa ham, juda kalavlagan, ba’zan qiladirgan ishidan ham yanglishib ketkani, masalan, uyga kirmakchi bo‘lib tavanxonaga kirib qolgani ko‘riladir. To‘yga kelgan xotinlarning «To‘ylar muborak, kuyav o‘g‘ul muborak!» deb so‘rashlariga ham ishonchsiz bir ohangda «Qutlug‘ bo‘lsin», deydir. Oftob oyim donxonaning eshigidan turib xotinlar orasidan kimnidir o‘z yoniga chaqirdi. Yoshi ellidan oshgan, kulgusi ichiga to‘lib toshgan bir xotinni duvurdan chiqib, o‘ziga qarab yurganini ko‘rgandan keyin donxonaga kirdi. Xotin ham ichkariga kirgach, Oftob oyim eshikni qiya bekladi-da, qayg‘ulik bir boqish bilan xot inga qaradi. – Nega qayg‘uliq ko‘rinasan, Oftob? Oftob oyim uzoq tin olib eshikka qaradi va yarim tovush bilan: – Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi, – dedi va ko‘ziga jiq yosh oldi. – Nega? – Qizim to‘g‘risidan... – Qizingga nima bo‘ldi? – Unashilg‘anig‘a bu kun yettinchi kun, – dedi Oftob oyim, – shundan beri Kumushingiz tun ham yig‘laydi, kun ham, sababini so‘rasam sira javob bermaydir-da, do‘lonadek ko‘z yoshisini oqiza beradir. Bu kun tag‘in yig‘isi oshib tushdi. Haytovur yalinib, yalpog‘lanib arang hammomga yubordiq. Xotin Oftob oyimning bu gapidan hayron bo‘ldi va o‘ylab so‘ radi: – Nimabalo, kuyaving ko‘rksizmi? – O‘zim ko‘rmadim, – dedi Oftob oyim, – ammo ko‘rguchilar- ning so‘zlariga qarag‘anda o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish... Otasining o‘zi yigitni yaxshi ko‘rib kuyav qilg‘an edi. – Kumushning o‘zi yigit to‘g‘risidan hech narsa bilmaydirmi? – Biladir, – dedi oyim, uning oldida biz jo‘rttaga kuyavni maxtashamiz, lekin bu maxtovlarni eshitgusi kelmay, qaytag‘a yig‘isi nig‘ina ortdiradir. Xotinning ham bu gapdan hayrati ortdi va bundan qanday sir borligiga aqli yetmadi... Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling