9-bob. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu Tovar-moddiy zaxiralar hisobi
9.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi
Tovar-moddiy zaxiralaming haqiqatda mavjudligini aniqlash, ulaming sotish sof qiymatini tasdiqlash va ulam ing but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralami inventarlash o ‘tkaziladi. Tovar-moddiy zaxiralami inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi milliy standard “Inventarlashni tashkil etish va o ‘tkazish” bilan belgilangan tartibda o ‘tkaziladi. 280 Inventarizatsiya o ‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo ‘lishi mumkin. Nazorat organining nazorat-tafitish ishlari rejasiga asosan o ‘tkaziladigan inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar taftish komissiyalari ish faoliyatida keng tarqalgan boMib, ko‘p hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilaming tekshirish o ‘tkazish rejalariga ham kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob tizimida muhim o ‘rin tutadi. Maxsus qarorga k o ‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va moddiy boyliklari turi bo‘yicha m a’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya o ‘tkazib turilishi kerak. Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o ‘tkazilishi shart: > korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jam iyatiga aylantirish chog‘ida; > tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; > moddiy javobgar shaxs o ‘zgarganida; > talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklaming buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda; > yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir boMganda; > korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. Tekshirish k o iam ig a ko‘ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o ‘tkaziladigan, o'tkazish vaqti b o ‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o ‘tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo ‘linishi mumkin. Inventarlash natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish m e’yorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo ‘lmagan hollarda, uni m oliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga 281 hisobdan chiqarish to ‘g ‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi. Inventarizatsiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ulaming sotish sof qiymatini tasdiqlash va ulaming but saqlanishini nazoratini ta ’minlab beruvchi jarayondir48. Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo ‘yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan y o ‘qotishlar” schyoti; Kredit “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar” (1000-2900). Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori b o ‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4730 “M oddiy zarami qoplash bo ‘yicha xodimlam ing qarzi” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga; Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan yo'qotishlar” schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga; Kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam 48 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 312-page, 2014 282 chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o ‘rtasidagi farqiga. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past b o ‘lsa, k o‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4730 “Moddiy zarami qoplash b o ‘yicha xodimlaming qarzi” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga; Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim b o ‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o ‘rtasidagi farqiga; Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo ‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadidan k o ‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti; Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan y o ‘qotishlar” schyoti. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o ‘xshash tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 283 Debet “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”; Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti. Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet “Pul m ablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar” (5000, 5200, 5600,5700) yoki “M ehnat haqi bo ‘yicha xodim bilan hisoblashishlami hisobga oluvchi schyotlar” (6700), yoki boshqa aktivlami hisobga oluvchi schyotlar; Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash bo‘yicha xodimlaming qarzi” schyoti. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling