9-bob. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi


Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1728234
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
9-mavzu Tovar-moddiy zaxiralar hisobi

9.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
Materiallar ichida o ‘ziga xos xusisiyatlarga ega boMgan inventar va 
xo‘jalik anjomlari to ‘g ‘risida qisqacha to‘xtalib o ‘tamiz. Mol-mulk 
inventar va xo ‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi 
mezonlarga javob berishi lozim:
- xizmat muddati bir yildan oshmagan;
- xizmat muddatidan qat’iy nazar bir birlik (komplekt) uchun 
0 ‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam 
ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega boMgan 
buyumlar. Rahbar hisobot yilida ulami inventar va xo‘jalik anjomlari 
tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini 
belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda 
ulaming qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki 
davr xarajatlariga toMiq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan 
oddiy shakl bo ‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar 
(nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) 
kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib 
tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (boMinmalar bo‘yicha) va
274


ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar 
ko‘rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik 
(komplekt) uchun xarid qilish paytida 0 ‘zbekiston Respublikasida 
belgilangan eng kam ish haqining o ‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda 
tashkilot ulami foydalanishga berishda ushbu inventar va xo‘jalik 
anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi 
mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlami kamaytirish, y a’ni ulami 
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali 
amalga oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga 
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
b) teng m e’yorli tarzda.
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga 
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar 
summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan va 
inventar hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining ko‘rsatilgan inventar va 
xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan 
hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qiymatni teng m e’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va 
x o‘jalik anjomlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik 
anjomlarini foydali ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab 
chiqarilgan m e’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ulami foydalanishga 
berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ulam ing qiymatini 
xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob 
siyosatida aks ettirilishi lozim.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik 
anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
275


- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlami 
turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani 
tayyorlash uchun m o‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
- ко ‘ ф а -to‘shaklar;
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan 
asboblar va hokazolar);
- oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga 
kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan 
uskunalar;
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ulaming vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o ‘miga
bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish 
uchun hisobvaraqlami mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida 
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati toMaligicha ishlab chiqarish 
yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya 
hisobida inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) 
xarajatlami hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi 
yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290
Kredit 1080
Bir vaqtning o ‘zida, foydalanishda boMgan inventar va xo‘jalik 
jihozlarini saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari 
schyotda quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va x o ‘jalik jihozlari” hisobga 
olishga oMkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga.
276


Inventar 
va 
xo‘jalik 
jihozlarini 
balansdan 
tashqari 
014 
“Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida hisobga olish 
oddiy shakl (bir tomonlama tartibda) inventar va xo‘jalik jihozlarini 
nomi yoki ulaming guruhi (yiriklashtirilgan komplektlar kesimida, 
foydalanishga kelib tushgan sanasini ko ‘rsatish bilan xarid qilish (ishlab 
chiqarish)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha, foydalanish joyi va moddiy 
javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan ro ‘yxatga muvofiq 
kamyob yoki tarkibida qimmatli metallar yoki qimmatli toshlar mavjud 
bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlari safiga kiritilgan, inventar va 
xo'jalik jihozlarini foydalanishga olish uchun ham tarkibiy b o iin m a
omboriga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan talabnoma taqdim 
etiladi. Talabnomada inventar va x o‘jalik jihozlarini oladigan ishchining 
imzosi boMishi kerak.
Ishchilarga maxsus kiyimlar, o ‘matilgan tartibda tasdiqlangan 
maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish 
vositalarini bepul berishning tarmoq b o‘yicha namunaviy m e’yorlari, 
shuningdek ishchilami maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka 
tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlashning qoidalari asosidagi 
kollektiv shartnomada belgilangan tartibda beriladi.
Maxsus kiyimlami 
ishchilarga berilishi 
rasmiylashtiriluvchi 
hujjatlar (talabnoma va hokazolar)da, boshqa rekvizitlar bilan bir 
qatorda berishning asosi, shaxsiy kartochkada esa kiyish mumkin 
boMgan muddati, qaytarilganda foydalanishga yaroqliligi darajasi aks 
ettirilishi lozim.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling