9-bob. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi


Birlamchi hujjatning nomi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1728234
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
9-mavzu Tovar-moddiy zaxiralar hisobi

Birlamchi hujjatning nomi
to ‘g ‘risida hisobot
26.
S M -21-son shakl. E k sp ed ito r hisoboti
27.
IN V -2-son shakl. Inventarlash y o rlig ‘i
28.
IN V -3-son shakl. T o v ar-m o d d iy b o y lik lam in g inventarlash r o ‘yxati
29.
IN V -4-son shakl. Y uklangan to v arlam i inventarlash dalolatnom asi
30.
IN V -5-son shakl. M a s ’ul saq lash g a qabul qilingan (to p sh irilg an ) tovar- 
m oddiy b o y lik lam in g inventarlash ro 'y x a ti
31.
IN V -
6-son shakl. Y o id a boMgan m aterial va tovarlam i inventarlash 
dalolatnom asi
32.
IN V -19-son shakl. Solishtirish qaydnom asi
M -l-son shakl. “Kelib tushayotgan yuklami hisobga olish jum ali”. 
Yuklami olish va ulami korxonaning omboriga kirim qilish bilan bogMiq 
transport, tovar va boshqa hujjatlami ro‘yxatlash va nazoratga olish 
uchun qo'llaniladi.
Qaydnoma korxona buxgalteriyasida yoki ta’minot bo ‘limida 
transport va ortish hujjatlari, kirim orderlari, materiallami qabul qilish 
dalolatnomalari asosida yuritiladi.
Qaydnomada 
kirim 
orderlari 
(yoki 
qabul 
qilish 
dalolatnomalari)ning 
raqamlari, 
korxona 
omboriga 
moddiy 
qiymatliklaming kelib tushish sanalari qayd etiladi.
Odatda, mol yetkazib beruvchi korxonalardan materiallami 
ta’minot bo‘limi ekspeditori yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi 
yoki transport tashkiloti omboridan materiallami olish uchun buxgalter 
ekspeditorga 
M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi. 
Ishonchnoma m a’lum moddiy qiymatliklami boshqa korxonadan olishda 
alohida 
mansabdor 
shaxsning 
o ‘z 
korxonasi 
nomidan 
chiqish 
huquqlarini rasmiylashtirish uchun qo ‘llaniladi.
Ishonchnomalami to ‘ldirish tartibi “Tovar-moddiy boyliklami 
olishga ishonchnomalar berish va ulami ishonchnomalar b o ‘yicha berish 
tartibi to ‘g ‘risida"gi nizomga asosan belgilangan.
263


Moddiy boyliklami olishga beriladigan ishonchnoma - korxona 
mol yetkazib beruvchi lari dan tovar-moddiy boyliklami olish uchun o ‘z 
vakiliga beradigan hujjatidir.
Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan 
materiallami olish uchun ta ’minotchiga buxgalteriya tomonidan 15 
kundan oshmaydigan muddatga ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma 
olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar ro ‘yxati korxona rahbari 
tomonidan tasdiqlanadi47.
Korxona moddiy boyliklami ommaviy tarzda ishonchnoma bilan 
oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. 
Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan 
holda beriladi, so'ngra u “Berilgan ishonchnomalami hisobga olish 
jum ali”da qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda daftarga 
imzo chekadi.
“Berilgan ishonchnomalami hisobga olish jum ali” raqamlangan va 
ip bilan tikilib, jum alning so ‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u 
tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur jum alda 
... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi va muhr bilan 
tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
To‘liq yoki qisman to ‘ldirilmagan ishonchnomalami hamda ular 
nomiga 
yozilgan 
shaxslarning 
imzo 
namunasi 
bo‘lmagan 
ishonchnomalami berish taqiqlanadi.
Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi 
birinchi kundan qoldirmasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi 
hamda olingan materiallami omborga topshirganligi to ‘g ‘risidagi 
hujjatlami 
buxgalteriyaga 
topshirishi 
shart. 
Ishlatilmagan 
ishonchnomalar belgilangan muddati o ‘tib ketgandan keyingi kunda 
buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o ‘tib ketgan ishonchnomalar 
bo'yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish 
man qilinadi.
47 G ’u lo m o v a F. B u x g a lte riy a h iso b in i m u sta q il o ‘rg a n is h u c h u n q o ‘lla n m a. -T . “ N O R M A ” 2 0 0 9 y. 218 -b .
264


Materiallami omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. 
Keltirilgan materiallar mol yetkazib bemvchining hujjatlari bilan 
muvofiq b o‘lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi.
M-4 shakl yetkazib beruvchilardan yoki qayta ishlashdan kelib 
tushadigan materiallami hisobga olish uchun qoMlaniladi. Kirim orderi 
bir nusxada qiymatliklaming omborga kelib tushishi sanasida moddiy 
javobgar shaxs tomonidan tuziladi. Kirim orderi qiymatliklaming 
haqiqatda qabul qilingan miqdoriga tuzilishi kerak. "Pasport raqami" 
ustuni qimmatbaho metal lar va toshlardan iborat moddiy qiymatliklar 
bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda to ‘ldiriladi.
Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar 
orasida tafovut aniqlansa М-7-son shakl “Tovar-moddiy qiymatliklarini 
qabul qilish dalolatnomasi” rasmiylashtiriladi. М-7-son shakl yetkazib 
bemvchining ilova hujjatlari m a’lumotlaridan miqdor yoki sifat jihatdan 
tafovutga ega moddiy qiymatliklami, shuningdek hujjatsiz kelib tushgan 
moddiy qiymatliklami qabul qilishni rasmiylashtirish uchun qoMlaniladi.
Dalolatnoma moddiy javobgar shaxsdan va j o ‘natuvchining 
(yetkazib bemvchining) vakili yoki manfaatdor boMmagan tashkilot 
vakilidan iborat qabul komissiyasi tomonidan ikki nusxada tuziladi.
Qiymatliklar qabul qilingach, dalolatnomalar ilova qilingan 
hujjatlar (tovar-transport yukxatlari) bilan birga quyidagilarga taqdim 
etiladi:
bittasi - moddiy qiymatliklar harakatini hisobga olish uchun 
korxona buxgalteriyasiga;
ikkinchisi - yetkazib beruvchi nomiga da’vo xatini rasmiylashtirish 
uchun ta’minot boMimiga yoki buxgalteriyaga.
Dalolatnoma tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi.
Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan 
materiallami qayd qilish uchun ochilgan M -l shaklidagi maxsus 
jurnalda ro‘yxatga olinadi hamda shartnomada ko‘zda tutilgan talablarga 
mos kelishi nazoratdan o ‘tkaziladi.
265


M -l shakl yuklami olish va ulami korxonaning omboriga kirim 
qilish bilan bog‘liq transport, tovar va boshqa hujjatlami ro‘yxatlash va 
nazoratga olish uchun qo‘llaniladi. Jumal korxona buxgalteriyasida yoki 
ta ’minot bo‘limida transport va ortish hujjatlari, kirim orderlari, 
materiallami qabul qilish dalolatnomalari asosida yuritiladi. Jumalda 
kirim orderlari (yoki qabul qilish dalolatnomalari)ning raqamlari, 
korxona omboriga moddiy qiymatliklarining kelib tushish sanalari qayd 
etiladi.
M -l 2-son 
shakl 
“Materiallami 
hisobga olish 
varaqachasi” 
materiallaming har bir navi, turi va o ‘lchami bo‘yicha ombordagi 
harakatini hisobga olish uchun qo‘llanadi; materiallaming har bir 
nomenklatura raqamiga to'ldiriladi 
va moddiy javobgar shaxs 
(omborchi, ombor mudiri) tomonidan yuritiladi. Varaqachada yozuvlar 
birlamchi kirim-chiqim hujjatlari asosida operatsiya sodir etilgan kunda 
qayd etiladi.
Tovar-transport yukxatlari (TTYu) Adliya vazirligi tomonidan 
2004-yil 2-iyulda 1382-son bilan ro‘yxatga olingan “Tashuvchilaming 
yuk avtomobillari uchun y o ‘l varaqalari, tovar-transport yukxatlarini 
tayyorlash, hisobga olish, to ‘ldirish va qayta ishlash b o‘yicha 
y o ‘riqnoma”ning qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Avtomobil 
transportida yuklami tashishda TTYu yuk j o ‘natuvchi tomonidan har bir 
yuk oluvchi nomiga, har bir y o‘l uchun alohida to ‘rt nusxada tuziladi:
- birinchi nusxa yuk j o ‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy 
qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun moMjallanadi;
- ikkinchi nusxa haydovchi tomonidan yukni oluvchiga topshiriladi 
va yukni oluvchi tovar-moddiy qiymatliklarini kirim qilishi uchun 
m o‘ljallanadi;
- yukni oluvchi tomonidan imzolar va muhrlar bilan tasdiqlangan 
uchinchi va to ‘rtinchi nusxalar esa, yuk tashuvchiga beriladi. Uchinchi 
nusxa to ‘lovchi-avtotransport buyurtmachisi bilan hisoblashishlar uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi va tashish uchun hisobvaraqqa ilova qilinadi.
266


To‘rtinchi 
nusxa 
esa 
transport 
xizmatlarini 
hisobga 
olish, 
haydovchilarga mehnat haqini hisoblash uchun asos bo ‘lib, u yo‘l 
varaqasiga ilova qilinadi.
М-8-son shakl. Cheklab olish varaqasi - materiallami berishning 
cheklangan miqdorlari mavjud boMganda, ulami berish uchun, 
mahsulotlar ishlab chiqarilishida muntazam ravishda ishlatiladigan 
materiallaming berilishini rasmiylashtirish uchun, shuningdek ishlab 
chiqarish ehtiyojlari 
uchun materiallami berishning 
belgilangan 
cheklangan miqdorlariga rioya qilinishini joriy nazorat qilish uchun 
qoMlanadi hamda ombordan moddiy boyliklami hisobdan chiqarishni 
tasdiqlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Cheklab olish varaqasi materialning har bir nomi (nomenklatura 
raqami)ga ikki nusxada yoziladi. Bir nusxasi oy boshiga qadar tarkibiy 
boMinma - material iste’molchisiga, ikkinchisi esa - omborga beriladi.
Ishlab chiqarishga materiallami berish ombor tomonidan tarkibiy 
boMinma vakili o ‘z cheklab olish varaqasini taqdim etganda amalga 
oshiriladi.
Omborchi har ikkala nusxada materiallami berish sanasi va 
miqdorini qayd etadi, so‘ngra materiallaming nomenklatura raqami 
bo‘yicha cheklangan miqdorlar qoldig‘ini chiqaradi. Cheklab olish 
varaqasida omborchi, omboming cheklab olish varaqasida esa tarkibiy 
bo‘linma vakili imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar sonini kamaytirish uchun materiallar berilishini 
bevosita materiallami hisobga olish varaqachasida rasmiylashtirish 
tavsiya etiladi. Ushbu vaziyatda materiallami berishga chiqim hujjatlari 
rasmiylashtirilmaydi, operatsiyaning o ‘zi bir nusxada yoziladigan 
cheklab olish varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Berish limitini varaqaning o ‘zida ham ko‘rsatish mumkin. Tarkibiy 
bo‘linma vakili materiallami olishda bevosita materiallami hisobga olish 
varaqachasiga imzo chekadi, cheklab olish varaqasida esa omborchi 
imzo 
chekadi. 
Cheklab 
olish 
varaqasida 
ishlab 
chiqarishda
267


foydalanilmagan (qaytarilgan) materiallar hisobi ham yuritiladi. Bunda 
hech qanday q o ‘shimcha hujjatlar tuzilmaydi.
Belgilangan cheklangan miqdorlardan ortiqcha materiallar berish 
va bir turdagi materiallami boshqasiga almashtirib berishga korxona 
rahbari yoki bunga vakil qilingan shaxsning ruxsatiga ko ‘ra yo ‘l 
qo‘yiladi.
Moddiy boyliklami berish cheklab olish varaqasida belgilangan 
omborlarda amalga oshiriladi. Omborchi cheklab olish varaqasida 
materiallami 
berish 
sanasi 
va miqdorini 
qayd 
etadi, 
so‘ngra 
materiallaming har bir nomenklatura raqami bo ‘yicha cheklangan 
miqdorlar qoldig‘ini chiqaradi.
Cheklangan miqdorlardan foydalanilgandan keyin cheklab olish 
varaqasi ombordan buxgalteriyaga topshiriladi.
M-10-son shakl. Dalolatnoma-talabnoma - materiallami ishlab 
chiqarishga, 
xo‘jalik 
va 
boshqa 
ehtiyojlar 
uchun 
cheklangan 
miqdorlardan ortiqcha bir martalik berilishini rasmiylashtirish uchun 
qo‘llanadi. B o‘limlar - material iste’molchilari tomonidan ikki nusxada 
yoziladi. Bir nusxasi omboming moddiy javobgar shaxsi imzosi bilan 
oluvchida, ikkinchisi esa oluvchining imzosi bilan ombor mudiri 
(omborchi)da qoladi.
Materiallami yaroqsiz mahsulotlar, qo‘shimcha sarf, ishlab 
chiqarish dasturini ortig‘i bilan bajarish sabablariga k o ‘ra ishlab 
chiqarishga cheklangan miqdorlardan ortiqcha berish faqat korxona 
rahbari yoki u tomonidan belgilangan vakil shaxs mxsati bilangina 
amalga 
oshiriladi. 
Dalolatnoma-talabnomada 
sabablar 
kodi 
va 
qo ‘shimcha sarf aybdori ko ‘rsatilishi kerak.
M -l 1-son shakl. Talabnoma-yukxat - materiallami korxona ichida 
tarkibiy bo ‘Iinmalar yoki moddiy javobgar shaxslar o ‘rtasida berilishini 
hisobga olish va rasmiylashtirish uchun qo ‘llanadi. Talabnoma-yukxatni 
moddiy boyliklami topshiruvchi tarkibiy bo‘Iinmadagi moddiy javobgar 
shaxs 2 nusxada tuzadi. Bir nusxasi topshiruvchi ombor uchun
268


boyliklami hisobdan chiqarish uchun, ikkinchisi esa qabul qiluvchi 
ombor uchun boyliklami kirim qilish uchun asos boMib xizmat qiladi. 
Ushbu yukxatlar bilan birga ishlab chiqarishdagi sarflanmagan 
m ateriallaming qoldig‘ini, agarda ular avval talabnoma bo‘yicha olingan 
bo‘lsa, omborga yoki omborchiga topshirish, shuningdek chiqindilar va 
yaroqsiz 
mahsulotlami 
topshirish 
bo‘yicha 
operatsiyalar 
rasmiylashtiriladi.
Talabnoma-yukxat topshimvchi va oluvchining moddiy javobgar 
shaxslari tomonidan imzolanadi va materiallami harakatini hisobga olish 
uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
SM -l-son shakl. Tovar-moddiy boyliklami saqlashga qabul qilish- 
topshirish dalolatnomasi - yuk beruvchilar tomonidan saqlovchi 
korxonaga saqlash uchun berilgan tovar-moddiy boyliklami qabul 
qilish-topshirishni hisobga olish uchun qoMlanadi.
Hujjat maishiy saqlashda ham, professional saqlovchi ishtirokida 
amalga oshiriladigan saqlashda ham qoMlanadi.
Saqlash shartnomasi (belgilangan muddatda va “talab qilib 
olgunga qadar”) asosida va unga muvofiq saqlovchi korxona va yuk 
beruvchining vakillari tomonidan tuziladi.
Dalolatnoma nusxalari 
soni 
va tuzilgan hujjatlami 
to ‘liq 
to ‘plamliligi har bir aniq vaziyatda belgilanadi.
SM-2-son shakl. Saqlashga berilgan tovar-moddiy boyliklami 
hisobga olish jum ali - saqlashga berilgan tovar-moddiy boyliklami 
hisobga olish uchun q o ‘llanadi. Saqlovchi korxonaning moddiy javobgar 
shaxsi tomonidan saqlashga topshirilgan tovar-moddiy boyliklami qabul 
qilish to ‘g ‘risidagi hujjatlar m a’lumotlari asosida yuritiladi. Tovar- 
moddiy boyliklami saqlashga qabul qilish, ulami saqlash muddati 
tugashi bilan ulami yuk beruvchiga qaytarish moddiy javobgar 
shaxsning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Tovar-moddiy boyliklami saqlash joyidan qabul qilib olinishida, 
yuk beruvchi o ‘z imzosi bilan saqlovchi korxonadan qabul qilib olingan
269


tovar-moddiy boyliklaming miqdori va sifati bo‘yicha shikoyati 
y o ‘qligini tasdiqlab, imzo chekadi.
SM-3-son shakl. Saqlashga berilgan tovar-moddiy boyliklami 
qaytarish to‘g ‘risida dalolatnomasi - saqlovchi korxona tomonidan 
saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklami yuk beruvchiga 
qaytarishni hisobga olish uchun qo‘llanadi.
Saqlovchi korxonaning moddiy javobgar shaxsi tomonidan tovar- 
moddiy boyliklami saqlash muddati tugashi bilan ulami yuk bemvchiga 
qaytarishda ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi saqlovchi korxonada 
qoladi, ikkinchisi esa yuk beruvchiga beriladi.
SM-15-son shakl. Tovar-moddiy boyliklar bahosini kamaytirish 
to ‘g ‘risida dalolatnoma - turli xil sabablarga ko‘ra m a’nan eskirganda, 
xaridor talabi pasayganda, sifatini pasayish belgilari aniqlanganda tovar- 
moddiy boyliklar bahosini 
kamaytirishni rasmiylashtirish uchun 
qo‘llanadi.
Komissiyaning m as’ul shaxslari tomonidan 2 nusxada tuziladi va 
imzolanadi. Bir nusxasi buxgalteriyaga yo‘naltiriladi, ikkinchisi saqlash 
uchun 
moddiy 
javobgar 
shaxsga 
beriladi 
yoki 
tovar-moddiy 
qimmatliklami juda past narx bo ‘yicha qayta sotish yoki ulami yetkazib 
beruvchi (ishlab chiqaruvchi)ga qaytarish uchun savdoga topshirish 
uchun tovar yukxatiga ilova qilinadi.
SM-18-son shakl. Tayyor mahsulotlami saqlash joyiga topshirish 
yukxati - tayyor mahsulotlami ishlab chiqarishdan saqlash joyiga 
topshirishni hisobga olish uchun q o ‘llanadi. Tarkibiy bo‘linmaning 
tayyor mahsulotlami topshiruvchi moddiy javobgar shaxs tomonidan 
ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi topshimvchi tarkibiy boMinma (sex, 
uchastka, brigada)dan mahsulotlar (qimmatliklar)ni hisobdan chiqarish 
uchun, ikkinchisi esa qabul qiluvchi ombor (sex, uchastka, brigada)da 
mahsulotlar (qimmatliklar)ni kirim qilish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Yukxat topshiruvchi va qabul qiluvchining moddiy javobgar
270


shaxslari 
tomonidan 
imzolanadi 
va 
mahsulotlar 
(qimmatliklar) 
harakatini hisobga olish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.
SM-20-son shakl. Tovar-moddiy boyliklaming saqlash joylaridagi 
harakati 
to ‘g ‘risida 
hisobot 

hisobot 
davridagi 
tovar-moddiy 
boyliklaming harakati to ‘g ‘risidagi hisobot (tovar hisoboti)ni moddiy 
javobgar shaxs tomonidan buxgalteriyaga taqdim etish uchun qoMlanadi.
Yozuvlar har bir kirim va chiqim hujjatlari va tovarlaming 
assortimentlari b o‘yicha qoldiqlari b o ‘yicha qayd qilinadi. Tuzilgan 
hujjatlaming nusxalar soni va bekam-ko‘stligi har bir aniq vaziyatda 
belgilanadi.
SM-21-son shakl. Ekspeditor hisoboti - yuk oluvchi tomonidan 
ishlab chiqamvchi (yetkazib bemvchi) korxonaning j o ‘natish xizmati 
orqali keltirilgan tovar-moddiy qimmatliklami hisobga olish uchun 
qo‘llanadi.
Ekspeditor (haydovchi - ekspeditor) avtotransportning har bir 
qatnovi bo‘yicha yuk oluvchi tomonidan yetkazilgan tovar-moddiy 
qimmatliklar uchun o ‘z korxonasi buxgalteriyasi oldida hisob beradi.
Yuk oluvchi tomonidan tovar-moddiy qimmatliklami yetkazib 
berish natijalari asosida ekspeditor (haydovchi - ekspeditor) tomonidan 
tuziladi.
Tuzilgan hujjatlaming nusxalar soni va bekam-ko‘stligi har bir 
aniq vaziyatda belgilanadi.
Tovar-moddiy 
zaxiralaming 
sarflanishi 
(chiqib 
ketishi)ni 
buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. 
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralaming qiymati chiqib ketish 
dalilini aniqlash paytida balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar- 
moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
- sotish;
- boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko‘rinishida 
berish;
ta’sischi ta ’sischilar tarkibidan chiqqanida yoki tugatilayotgan
271


xo‘jalik yurituvchi subyektning mol-mulkini uning ishtirokchilari 
o ‘rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan 
ulushni ta’sischiga qaytarish;
- tekinga berish;
- ayirboshlash;
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jism onan va 
m a’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
- kamomad, yo'qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) 
aniqlanishi;
- tovar qarzi ko‘rinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar 
qarzini qaytarish;
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zaxiralaming chiqib ketishidan moliyaviy natija
(foyda yoki zarar) tovar-moddiy zaxiralaming chiqib ketishidan olingan 
daromaddan ulam ing balans qiymati va tovar-moddiy zaxiralaming 
chiqib ketishi bilan bog‘liq bilvosita soliqlami chegirish orqali 
aniqlanadi.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralaming tannarxi bilan 
bogMiq daromad tan olinadigan hisobot davrida xarajat sifatida tan 
olinadi. Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralami 
istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar 
hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri 
mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Sotishning sof 
qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, 
ilgari hisobdan 
chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralaming qiymatini tiklash summasi 
oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib 
ketgan (shu jum ladan sotilgan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining 
pasayishi sifatida tan olinadi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bevosita (to‘g ‘ri) xarajatlar materiallar, 
xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar va boshqa schyotlar
272


kreditidan 
2010-“ Asosiy 
ishlab 
chiqarish” 
schyotiga 
hisobdan 
chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2310-“Yordamchi ishlab 
chiqarish” schyoti kreditidan 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga 
hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish 
bilan bogMiq boMgan bilvosita (egri) xarajatlar 2510-“Umumishlab 
chiqarish xarajatlari» schyotidan 2010-“ Asosiy ishlab chiqarish” 
schyotiga 
hisobdan 
chiqariladi. 
2010-“ Asosiy 
ishlab 
chiqarish” 
schyotiga shuningdek yaroqsiz mahsulotlardan yo‘qotishlar 2610- 
“Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” schyoti kreditidan hisobdan 
chiqariladi.
2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotining krediti bo ‘yicha ishlab 
chiqarishi tugallangan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlaming haqiqiy tannarxi summalari aks ettiriladi. Mazkur 
summalar 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan 2810-“0m bordagi 
tayyor mahsulotlar”, 9130-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlaming 
tannarxi” schyotlari debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti bo‘yicha oy oxiridagi 
qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini ko‘rsatadi.
Masala. Korxonada haqiqiy qiymati 200000 so ‘mlik ortiqcha 
material borligi aniqlandi va korxona uni 250000 so ‘mga boshqa 
korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka 
beriladi:
* materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.
Debet 9220 - 200000 so‘m
Kredit 1010-200000 so‘m.
* materialning sotish qiymati aks ettirildi:
Debet 4890 - 250000 so‘m
Kredit 9220 - 250000 so‘m.
QQS hisoblandi 50000 so‘m;
273


Debet 9220 - 50000 so‘m
Kredit 6 4 1 0 -5 0 0 0 0 so‘m.
* ortiqcha materiallami sotishdan foyda olindi (300000-200000- 
50000)=50000 so‘m;
Debet 9220 - 50000 so‘m
Kredit 9320 - 50000 so‘m.
Materiallami sotishdan olingan moliyaviy natija sotish xarajatlari 
hisobga olingan holda aniqlanadi hamda 9320-“Boshqa aktivlaming 
chiqib ketishidan foyda” schyoti kreditiga yoki 
9430-“Boshqa 
operatsion xarajatlar” schyoti debetiga kiritiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling