• Oʻquvchilar: ixtiyoriy ravishda javob beradilar.
• Oʻqituvchi: Javoblar uchun rahmat, sizlarning fikrlaringizni eshitdim, ajoyib, “fake news” atamasi nima uchun oʻylab topilgan? Internetda qidiruv tizimlaridan izlab koʻramiz. Kim qanday ma’lumotlar topa oladi, istasangiz juftliklarda ishlashlaringiz mumkin yoki ekranda koʻrinib turgan 30secondes.org saytining joylashgan shorturl.at/xyGQ1 qisqa manzilidan foydalaning. Sizlarga kompyuterdan foydalanishga bir daqiqa vaqt, javob berish uchun esa 20soniya, vaqt ketdi.
• Oʻquvchilar: kompyuterda internet tarmogʻida ishlashadi, “fake news” atamasi haqida oʻz fikrlarini bildiradilar.
• [Oʻqituvchiga yoʻllanma: oʻquvchilar qaysi sayt va qanday manbalardan foydalanganini nazorat qiladi va oʻquvchilarning javoblarini umumlashtiradi.]
• Oʻqituvchi: Endi “Nima uchun Fake News atamasi oʻylab topilgan?” degan savolga javob topamiz, sizlarga yana bir daqiqa vaqt. Internetdan foydalanib topamiz, biladiganlar boʻlsa javob berishlari mumkin.
• [Oʻqituvchi va oʻquvchilarga yoʻllanma: oʻquvchilar ichida biladiganlar boʻlsa javob berishadi, kompyuterda internet tarmogʻida ishlashadi. Oʻqituvchi birinchi javobdan keyin bahs-munozara shaklida javoblarni toʻldiradi va boyitadi] • Oʻquvchilar: Saytlarda topgan ma’lumotlarini oʻqib berishadi.
• Oʻqituvchi:. Keling, aziz oʻquvchilar, bir mustaqil ish bajaramiz, proyektor ekranida koʻrinib turgan mediasmarts.ca saytining joylashgan shorturl.at/vCKS6 manzilidan olingan manbadan foydalanamiz. Ekranda ikkinchi slayd qoʻyiladi. Sizda qanday fikr uygʻondi?
• Oʻquvchilar: ixtiyoriy ravishda javob beradilar.
• Oʻqituvchi: Fikrlar eshitilib, uchinchi slayd koʻrsatiladi hamda ikkinchi slayd va uchinchi slayd manbalari orasidagi farq soʻraladi.
• Oʻquvchilar: Javob berishadi, soxta yangiliklar va uning mohiyati yanada anglashiladi.
• [Oʻqituvchi va oʻquvchilarga yoʻllanma: yuqorida koʻrsatilgan tartibda 4-7-slaydlar tahlil qilinadi]
• Oʻqituvchi: Aziz oʻquvchilar, keling, darsimiz soʻngida mediasmarts.ca saytidagi (shorturl.at/BCNX8) Reality Check oʻyinini oʻynaymiz va ma’lumotlarning toʻgʻri yoki soxta ekanligini aniqlaymiz, bosqichlarga e’tibor qarating.
• Oʻquvchilar: Reality Check:oʻyin onlayn topib oʻynashadi. Vaziyatlarni tahlil qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |