• Oʻquvchilar: loyiha ishni topshirishadi (qogʻoz holatida tayyor boʻlmasa tarmoq papkasiga joylashadi). • Oʻqituvchi: Sizlarning barchangizga ta’zimdaman, ota-onalar uchun ajoyib qoʻllanmalar yaratgansiz, bugungi mavzuni boshlashda sizlarga bir savol beraman.
• Oʻqituvchi: Mening bilimdon oʻquvchilarim, darslikdagi 34-35-sahifadagi “Oʻylab koʻring” savollariga daftaringizda javob yozing. [Javob yozish jarayonida uchtalik kichik guruhlarda ishlab “Galereya boʻylab sayr” usulidan foydalanishadi. Oʻquvchilar bajargan ishini 30 soniyalik fikr almashish usuli orqali tekshiriladi.]
• Oʻquvchilar: Daftarda savollarga javob yozishadi.
• Intervyu: Keling men sizdan intervyu olaman, “Siz oʻz ota-onalarizni oʻzingizga yoqadigan xislatlarini aytib bering”. • Oʻquvchilar: ixtiyoriy ravishda javob beradilar. • Oʻqituvchi: Siz mustaqil ravishda intervyuda yolgʻon ma’lumotlar ishlatmadingizmi? Yolgʻon ma’lumotlarning mazmuni va natijasi haqida nima deya olasiz? • Oʻquvchilar: oʻz fikrlarini bildirishadi va bir-birining fikrlarini boyitishadi. • Kartochka: Keling, aziz oʻquvchilar, qisqa oʻyin oʻynaymiz. Stollaringiz ustida turgan stikerlarga siz ota-onagizdan kutayotgan omillarni yozib, sinf doskasi yonidagi rasmlardan mosiga joylashtirasiz va kompyuterlarga ketma-ketlikda joylashib olasiz. [Sinf doskasi yonidagi rasmlar: farzandi bilan birgalikda kitob oʻqiyotgan, sayrga chiqqan, futbol oʻynayotgan, robototexnika qurilmalari sovgʻa qilayotgan, birga ovqat tayyorlayotgan, darslarni birga bajarayotgan ota-onalar suratlari keltirilgan] (6-8 daqiqa)
Darsning asosiy qismi
|
• Oʻqituvchi nutqi va bajaradigan amallari:
Komyuterlarga ishlash uchun joylashib oldik. Bizga kerak boʻladigan Explorer dasturini ishga tushirib olamiz.
• Oʻqituvchi: Keling, aziz oʻquvchilar, “Fake news” nima degani?
• [Oʻqituvchi va oʻquvchiga yoʻllanma: Oʻqituvchi imkon qadar 30secondes.org (shorturl.at/cdjT2) saytiga yoʻnalish berib, oʻquvchilarning “Fake news” atamasini asl mohiyatini anglashlariga yordam berishi muhim ahamiyatga ega.]
|
Do'stlaringiz bilan baham: |