9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja


Download 79.6 Kb.
bet14/18
Sana09.11.2021
Hajmi79.6 Kb.
#172592
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.

Plastida (plastidos – hosil quluvchu, yaratuvchu so’zlaridan olingan) o’simlik hujayralarining asosiy organoidlaridan biri bo’lib, ularda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Ular murakkab membranalar siste­masidan tashkil topgan bo’lib, tashqaridan ikki qavat membrana bilan o’ralgan membranali organoidlarga kiradi. Hayvonlar hujayrasida plastidalar bo’lmaydi. Plastidalar shakli, tuzilishi, o’lchami, funksiyalariga ko’ra xilma-xil bo’ladi. Rangiga ko’ra ularning, asosan 3 ta turi mavjud: yashil - xloroplastlar, qizil, to’q sariq, sariq -xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlar. Plastidalar kelib chiqishi jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lib, ontogenez davomida biri ikkinchisiga aylanishi mumkin. Odatda hujayrada plastidalarning bir turi uchraydi, uning o’lchami 4-6 mkm gacha yetadi. Elektron mikroskopda tekshirilganda xloroplastlarning ikki qavat membrana bilan o’ralganligini kurish mumkin. Xloroplastlarning ichki qismi stroma deyiladi, unda juda ko’p fermentlar joylashadi. Xloroplastlarning mitoxondriyalardan asosiy farqi shyndaki, ularning ichki membranasi kristalarni hosil qilmaydi. Stromada yassilangan bo’shliqlar bo’lib, ular tilakoidlar deb ataladi. Shunday qilib, xloroplastlarning asosiy elementar birligi tilakoidlar hisoblanadi. Tilakoidlarda xlorofill pigmentlari joylashadi. Tilakoidlar ustma-ust joy­lashgan tangachalarni esla­tadi. Xloroplastlar ham mitoxondriyalarga o’xshab, o’z avtonom oqsil sintezlovchi apparati, ya’ni DNK, RNK, ribosomalar, fermentlarga ega. Xloroplastlarda yorug’­lik energiyasi ta’siridagi reaksiyalar natijasida fotosintez jarayoni amalga oshadi, energiyaga boy birikma ATF sintezlanadi, SO2 uglevodlarga aylanadi.

Lizosomalar (lotincha lizeo – eritaman, soma -tana so’zlaridan olingan) hayvon va zamburug’ hujay­ralari tarkibida uch­raydigan organoidlar bo’lib, hujayra ichidagi hazm bo’lish jarayonlarini amalga oshiradi. Lizosomalar bitta membrana bilan o’ralgan, kattaligi 0,2 - 0,8 mkm ga teng. Lizosomalar matriksida va membranasida 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar joylashgan bo’lib, ular oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar, lipidlar va boshqa moddalarni parchalashi mumkin. Moddalarni ferment­lar yordamida parchalash « lizis» deyilgani uchun organoid lizosoma deb ataladi. Lizosomalar Golji apparatida hosil bo’ladi. Lizosomaning hamma fermentlari kislotali sharoitdagina ta’sir qiladi. hjayrada lizosomalar soni 10-100 tagacha va hatto undan ham ortiq bo’lishi mumkin. Golji apparatida hosil bo’lgan lizosomalar birlamchi lizosomalar deyiladi. Dastlab ularning fermentlari noaktiv holatda bo’ladi. Hujayrada pinositoz yoki fagositoz vakuolalari hosil bo’l­ganidan keyin birlamchi lizosomalar ularga yaqinlashib qo’shiladi va fermentlari aktivlashib ikkilamchi lizosomalarga yoki hazm vakuol­lariga aylanadi, so’ngra hazm qilish jarayoni boshlanadi. Parchalanish natijasida hosil bo’lgan moddalar sitoplazmaga o’tadi va hujayra tomonidan foydalaniladi. Hayot faoliyati jarayonida nobud bo’lgan hujayra qismlari yoki butun hujayralarni parchalashda ham lizosomalar qatnashadi. Masalan, itbaliqning dumi lizosomalar to­monidan parchalanadi. Lizosomalar fermentlari ribosomalarda sintez­lanib, keyin endoplazmatik tur orqali Golji apparatiga o’tadi va shy joyda shakllanib, sitoplazmaga chiqariladi. Odam hujayralarida ayrim lizosoma fermentlarining etishmasligi og’ir kasalliklarga sabab bo’ladi.




Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling