9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja


Hujayrani o’rganishning ahamiyati


Download 79.6 Kb.
bet2/18
Sana09.11.2021
Hajmi79.6 Kb.
#172592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.

Hujayrani o’rganishning ahamiyati. Hujayralarning tuzilishi, kimyoviy tarkibi va bajaradigan funksiyalarini o’rganish faqat biologiya qonuniyatlarini to’g’ri tushunish uchungina emas, balki tibbiyotda, veterinariyada, qishloq xo’jaligida ham katta ahamiyatga ega. Masalan, odamlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning asosida hujayra faoliyatining izdan chiqishi yotadi. Qandli diabet kasalligining sababi organizmda uglevod almashinishini boshqaruvchi gormonlardan biri ­insulin ishlab chiqaruvchi oshqozon osti bezining ayrim hujayralari faoliyatining buzilishidir.

Hujayralarning bo’linishi, ularning ixtisoslashishi qonuniyatlarini yaxshi bilmasdan jarohatlangan a’zolar va tuqimalarning qayta tiklanishi, yomon sifatli o’sma kasalliklarning kelib chiqish sabablari, muammolarini o’rganish mumkin emas. Hayvonlarda va odamlarda uch­raydigan ko’pgina yuqumli kasalliklarning qo’zg’atuvchilari bir hujay­rali parazit organizmlar - bezgak paraziti, koksidiyalar, toksoplazma, dizenteriya amyobasi va boshqalar hisoblanadi. Mazkur kasalliklarni davolash va uning oldini olish uchun ularning qo’zg’atuvchilari - bir hujayrali sodda hayvonlarning biologiyasini yaxshi bilish zarur.




Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling