9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja


Download 79.6 Kb.
bet8/18
Sana09.11.2021
Hajmi79.6 Kb.
#172592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.

Hujayra qobig’i. Hujayra qobig’i hujayraniig tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan o’zaro munosabatlarini ta’minlaydi va shunga ko`ra uch xil asosiy vazifasi bajaradi: 1) himoya to’siq, 2) moddalarni o’tkazish, 3) reseptor. Hujayra qobig’ining asosiy qismini plazmatik membrana-plazmolemma tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qibig’i juda yupqa va elastik bo’ladi. Uni faqat elektron mikroskopdagina ko’rish mumkin. Hayvon hujayralari membranasining tashqi yuzasida glikoprotein kompleksi - gliko­kaliks joylashadi. Glikokaliksda ko’p miqorda reseptorlar joylash­ganligi uchun hujayraning tashqi muhit va boshqa hujayralar bilan munosabati ta’minlanadi. Hayvon hujayralarining qobig’i juda yupqa bo’lganligi uchun o’simlik hujayralariniki kabi tayanch vazifasini bajara olmaydi.

O’simlik hujayralarining qobig’i hayvon hujayralarinikidan farq qilib qalin bo’ladi. Uning tarkibida sellyuloza moddasi ko’p, shuning uchun ham o’simlik qobig’ining asosiy funksiyalaridan biri tayanch funksiyasi hisoblanadi.

Plazmatik membrana hamma hujayralar uchun universal bo’lgan elementar biologik membranadir. Uning qalinligi o’rtacha olganda 7-10 nm dan iborat. Plazmolemmaning kimyoviy tarkibiga lipidlar, oqsillar, murakkab organik molekulalar -glikoproteinlar, glikolipidlar va juda kam miqdorda boshqa birikmalar kiradi. Plazmolemmaning tuzilishi haqida bir qancha taxminlar mavjud. Hozirgi vaqtda ko’pchilik olimlar tomonidan plazmolemmaning suyuqlik - mozaika modeli qabul qilingan.

Bu modelga ko’ra membra­naning asosini ikki qator joylashgan lipid molekulalari tashkil etadi. Lipid molekulalarining suvda erimaydigan gidrofob qismlari membrananing ichkari tomonida, suvda eriydigan gidrofil qismlari esa membrananing ikki tashqi tomonida joylashgan. Lipid qatlamning asosiy funksiyasi membrananing mexanik turg’unligini va suvda eruv­chanligini ta’minlashdir. Qqsil molekulalari membranada har xil tartibda joylashadi. Ularning ba’zilari lipid qatlamlarning tashqi va ichki yuzalarida joylashadi, ayrimlari esa membranaga to`liq botib kirgan bo’ladi. Shunday qilib, har xil oqsil molekulalari tinmasdan o’z joylarini o’zgartirib, membranaiing suyuq lipid qatlamlarida suzib yuradi. Membrananing tashqi yuzasidagi ayrim oqsillar uglevodlar bilan birikib glikoproteinlarni, glikokaliksni tashkil etadi. Har bir hujayra boshqa hujayralardan o’zining tashqi glikoproteinlari bilan farq qiladi. Hujayralar bir-birlarini o’sha glikoproteinlari orqali tanib oladi. Bu glikoproteinlar bir xil tipdagi hujayralarning bir-biriga yopishib to’qimalar hosil qilishini ta’minlaydi.

Plazmatik membrana muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, mem­brana hujayra ichki muhitini uning tashqi muhitidan ajratib turuvchi tusiqdir. Ikkinchidan, plazmatik membrana ichki muhit bilan tashqi muhit o’rtasida moddalarning almashinuvini ta’minlaydi. Hujayra membranasi yarim o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega, chunki ayrim moddalar boshqa moddalarga nisbatan osonroq o’tadi. Lipidlarda yaxshi eriydigan, molekulyar massasi kichikroq moddalar membrana orqali tez va oson o’ta oladi. Molekulyar massasi og’ir moddalar membranadan deyarli o’tmaydi.

Moddalarning membranadan o’tish yo`llaridan biri diffuziyadir.

Bunda moddalar konsentrasiyasi yuqori joydan konsentrasiyasi pastroq joyga o’tadi. Masalan, suvning membrana orqali o’tishi osmos deyiladi. Ko’proq suyultirilgan eritmalarda suvning konsentrasiyasi yuqoriroq bo’lganligi sababli suv ko’proq tuyintirilgan eritmaga o’tadi, chunki to’yintirilgan eritmada suvning konsentrasiyasi past bo’ladi. Agar moddalar membrana orqali konsentrasiyalar farqiga nisbatan teskari harakatlansa, masalan, konsentrasiyasi past joydai konsentrasiyasi yuqori joyga o’tsa, bu hodisa moddalarning aktiv transnorti deb ataladi. Aktiv transport ATF energiyasi sarflanishi hisobiga kechadi. Aminokislotalar, glyukoza, Na va K ionlarining membrana orqali o’tishi aktiv transport orqali amalga oshadi. Hujayraning ichida Na ionlari uning atrofidagi muhitga qaraganda kam bo’lishiga qaramay Na ionlari hujayradan tashqariga chiqariladi. Bunda, albatta ATF energiyasidan foydalaniladi. Xuddi shu usulda kaliy ionlari hujayraning ichiga kiritiladi. Membrananing tarkibida ionlarning tanlab o’tkazuv­chanligini ta’minlovchi ion kanallari mavjuddir.

Hujayra membranasi faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni ichkariga o’tkazib, tashqariga chiqaribgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig’indisidan hosil bo’lgan yirik zarrachalarni ham o’tkazadi. Bu xususiyat membrananing suyuq holatida ekanligiga bog’liqdir. Bu jarayon endositoz (endo - ichkari, sito - hujayra suzlaridan olingan) deyiladi. Endositozning bir ko’rinishi fagositozdir (Fageo - emoq, hazm qilmoq so’zidan olingan). Bunda, asosan qattiq yirik zarrachalar hujayraga kiritiladi. Bu vaqtda qattiq zarrachaga tegib turgan membrananing ikki qismi harakatlanib, zarrachani o’rab oladi va natijada membranaga o’ralgan zarra hujayra sitoplazmasi ichiga botib qoladi va hazm vakuolasi hosil bo’ladi. Keyinchalik hazm vakuolasi lizosomalar bilan birikib, ular ichidagi fermentlar ta’sirida mole­kulalar parchalanadi. Fagositoz hayvonot olamida keng tarqalgandir. Amyoba va infuzoriya kabi sodda hayvonlarning ko’pchiligi fagositoz usulida oziqlanadi. Umurtqalilarda oq qon tanachalarida (leykositlar) fagositoz xususiyati keng tarqalgan. Organizmga tashqaridan kirgan yot zarracha­lar, kasallik qo’zg’atuvchi har xil mikroor­ganizmlar leykositlar tomonidan fagositoz usulida qamrab olinib, yo’q qilinadi. O’simliklar, bakteriyalar, ko’k - yashil suv o’tlariniig hujayra qobig’i jyda qalin, zich po’st hosil qilganligi uchun ularda fagositoz jarayoni deyarli uchramaydi. Endositoz pinositoz usulida ham amalga oshirilishi mumkin (yunoncha- pino - ucha­man degan suzdan olingan). Pinositoz har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Pinositoz ham fagositoz kabi amalga oshiriladi. Pinositoz tabiatda keng tarqalgan bo’lib, o’simlik va hayvon hujay­ralarining asosiy oziqlanishI usullaridan biridir. Endositozga teskari bo’lgan hodisa ekzositozdir (yunoncha ekzo - tashqaru suzidan olingan). Bunda sitoplazmadagi vakuola ichida hazm bo’lmay qolgan moddalar membrana orqali hujayra tashqarisiga chiqariladi.

Fagositoz, pinositoz, ekzositoz ionlar va molekulalarniig membrana orqali o’tkazilishi energiya sarflanishi bilan kechadigan jarayondir.

Ko’p hujayrali hayvonlarda bir xil tipdagi hujayralar to’planib, har xil to’qimalarni: epiteliy, muskul, nerv va boshqa to’qimalar sistemasini hosil qiladi. Bunda hujayralar plazmatik membranadagi burmalar va o’siqlar orqali bir-biriga yopishib turadi. Hayvonlarning epiteliy to’qimalarida, ayniqsa ichak hujayralarida burmachalar, mikro­vorsinkalar yaxshi rivojlangan bo’lib, oziq moddalarning parchalanishi va surilishida katta rol o’ynaydi. O’simlik hyjayralarining bir-biriga tegib turgan qismlarida, plazmatik membranalarda juda ingichka kanalchalar bo’lib, ular orqali bir hujayradan ikkinchisiga oziq moddalar, ionlar, uglevodlar va boshqalar o’tadi.

Plazmatik membrananiig ichki qismida tayanch, qisqarish, hujayraga ma’lum shakl berib turishda muhim rol o’ynovchi mikronaychalar, mikrofibrillalar mavjud. Bular, ayniqsa, hayvon hujayralarida yaxmi rivojlangan.


Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling