Ribosoma (ribonuklein kislota, soma - donacha so’zidan olingan) hujayrada oqsil sintezini amalga oshiruvchi organoid bo’lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradi. Uning diametri 20 nm ga teng bo’lib, ikki xil: bittasi yirik, bittasi kichik birliklardan tuzilgan. Mitoxondriyalar va plastidalar ichida ham ribosomalar uchraydi, ular sitoplazma ribosomalaridan kichikroq bo’ladi. Eukariotlar va prokariotlarning ribosomalari bir-biridan kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Ribosomalar - ribonuklein kislota va oqsil molekulalaridan tashkil topgan. Ribosomada ikkita faol qism: R - peptid va A - aminokislota qismlari mavjud. Sitoplazmada ribosomalar alohida to’plangan poliribosomalar va bog’langan endoplazmatik to’r membranasi holatida bo’lishi mumkin. Poliribosomalar RNK molekulasida ketma-ket joylashgan. Ribosomalarning asosiy funksiyasi oqsillar sintezidir. Poliribosomalarda asosan hujayradan tashqariga chiqariladigan, erkin ribosomalarda esa hujayraning o’z faoliyatida sarflanadigan oqsillar sintezlanadi. Ribosomalar yadrodagi yadrochada sintezlanib, keyin sitoplazmaga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |