9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja
Download 79.6 Kb.
|
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Mitoxondriyalar ( yunoncha mitos - ip, xondros - donacha so’zlaridan olingan), uzunligi 10 mkm gacha, diametri esa 0,2 - 1,0 mkm gacha yetadi. Elektron mikroskopda esa yumaloq yoki cho’zinchoq shaklda bo’lib, tashqi tomondan ikkita membrana bilan chegaralangan. Ichki bo’shlig’i mutoxondruya .matriksi deb ataladi. Ichki membrana burmalar hosil qilib ularni mutoxondruya krustalaru deb ataladi. Kristalar soni hujayralar aktivligiga bog’liq bo’ladi. Har xil to’qimalarning hujayralarida mitoxondriyalar soni har xil bo’ladi. Jigar hujayralarida ularning soni 2500 tagacha, qon hujayralarida esa limfositlarda 25-50 tagacha bo’lishi mumkin. Energiya sarflanishi yuqori bo’lgan mushak hujayralarida mitoxondriyalar soni juda ko’p bo’ladi. Mitoxondriyaning ichki va tashqi membranalari o’z kimyoviy tarkibi jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Ichki membrana tarkibida va mitoxondriyaning matriksida oksidlanish-qaytarilish jarayonida qatnashyvchi ko’p sonli fermentlar mavjud. Mitoxondriyalar yarim avtonom organoidlar qatoriga kiradi, chunki uning matriksida oqsil sintezlanishi uchuv zarur bo’lgan hamma narsalar: DNK, RNK, ribosomalar, sintezda qatvashyvchi fermentlar joylashgan.
Mitoxondriyalarning asosiy funksiyasi - energiya hosil qilish, ularni shyning uchun ham hujayraning "akkumulyatorlari" deb atash mumkii. Mitoxondriyada energiyaning manbai - uglevodlarning kislorodli, aerob sharoitda oksidlanishidir. Glikoliz - kislorodsiz parchalanish natijada hosil bo’lgan pirouzum kislota mitoxondriyalarda SO2 va N20 gacha parchalanadi. Parchalanish orqali hosil bo’lgan juda ko’p energiya adenozintrifosfat (ATF) kislota sinteziga sarflanadi va ATF energiyasi sifatida to’planadi. Shunday qilib, mitoxondriyalar faoliyati natijasida energiyaga boy (energiyaning foydalanish mumkin bo’lgan shaklini hosil qilish, ya’ni energiyaning shaklini o’zgartirish- transformasiya natijasida) bo’lgan kimyoviy birikma - ATF ko’p miqdopda siitezlanadi. ATF esa organizmning hamda hamma hujayralarning faoliyatini ta’minlovchi universal energiya manbai hisoblanadi. Mitoxondriyalar avval mavjud bo’lgan mitoxondriyalarning bo’linishi natijasida hosil bo’ladi. Mitoxondriyalar bo’linishidan oldin uning DNK miqdori ikki hissa ortadi. Mitoxoidriyalar boshqa qo’shimcha funksiyalarni ham bajarishi, masalan, ayrim yog’simon gormonlar, lipidlarning sintezida ham qatnashishi mumkin. Download 79.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling