9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja
Download 79.6 Kb.
|
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
4. Yadroning tuzilishi va fuksiyasi. Yadro hujayraning eng myhim tarkibiy qismlaridan bo’lib, u eukariot organizmlar hujayralarining hammasida uchraydi. Faqat ayrim yuksak darajada tuzilgan hujayralardagina yadro bo’lmasligi mumkin (sut emizuvchilarniig qizil qon tanachalarida). Yadroning shakli, o’lchami hujayraning shakliga va funksiyasira bog’liq. Ko’pchilik hujayralar bir yadroli, kamdan-kam hollarda esa ko’p yadroli hisoblanadi. Jigar, ayrim qon hujayralari, mushak hujayralari ko’p yadrolilarga misol bo’ladi. Yadro quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 1) irsiy axborotni saqlash va ko’paytirish; 2) hujayradagi moddalar almashinuvini idora qilish.
Interfaza holatidagi hujayraning yadrosi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) yadro qobig’i; 2) yadro shirasi; 3) xromosomalar; 4) yadrocha. Yadro qobig’i ikkita membranadan tashkil topgan. Membranalar orasidagi bo’shliqni yadro atrofi bushlig’i deyiladi. Yadroning tashqi membranasida ribosomalar joylashishi va endoplazmatik to’r kanalchalari bilan qo’shilishi mumkin. Yadro qobig’i bilan sitoplazma o’rtasida moddalar almashinishi tinmay davom etib turadi. Bunday moddalar almashinishi asosan ikki xil usulda amalga oshadi: birinchidan, qobiqda ko’p teshiklar mavjud bo’lib, o’sha teshikchalar orqali sitoplazma bilan yadro o’rtasida moddalar almashinadi. Mayda molekulalar diffuziya yuli bilan o’tishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan usullar bilan sitoplazma va yadro o’rtasida oqsillar, uglevodlar, yog’lar, nuklein kislotalar, suv va har xil ionlar almashinadi. Yadro shirasi (karioplazma) yadro ichidagi turli strukturalarni o’zaro bog’lab turuvchi suyuqlik bo’lib, unda xromatin va yadrochalar joylashadi. Uning tarkibiga xilma-xil funksiyani bajaruvchi oqsillar, fermentlar, erkin nukleotidlar , aminokislotalar va boshqa moddalar ham kiradi. Xromosomalar yunoncha xroma - bo’yoq, soma - tana so’zlaridan olingan bo’lib, ikki xil: spirallashgai va spirallari yoyilgan holatda bo’ladi. Interfaza davrida xromosomalarning spirallari yoyilgan holatda bo’lganligi tufayli yaxshi ko’rinmaydi. Maxsus bo’yoqlar bilan bo’yalganda donador xromatin shaklida ko’rinadi. Shunday qilib xromasomalarning interfaza holati xromatin deb ataladi. Interfaza holatidagi xromosomalarni elektron mikroskopda tekshirganda uning juda ingichka ipchalardan tashkil topganligini ko’ramiz, ularni nukleotid upchalaru deyiladi, chunki ularning tarkibida DNK va oqsillar, asosan gistonlar bo’ladi. Xromosomaning har xil qismlari bir xil bo’yalmaydi. Xromosomaning to’q bo’yaladigan qismi geteroxromatin deyiladi. Bu joylar spirallashgan bo’lib, faolligi juda sust bo’ladi. Xromosomaning yaxshi buyalmaydigan qismlari euxromatun deyiladi, ular spirallari yoyilgan qismlar bo’lib, faol faoliyatdagi genlardan tashkil topadi. Xromosomalar bo’linayotgan hujayralarda, ayniqsa mitozning metafazasida juda yaxshi ko’rinadi. Bunday xromosomalar ikkita yelkadan iborat bo’lib, ularning o’rtasida birlamchi belbog’ joylashadi. Asosan uch xil tipdagi xromosomalar farq qilinadi: 1) teng yelkali; 2) noteng yelkali (bitta yelkasi ikkinchisidan uzunroq); 3) tayoqchasimon (bitta yelkasi juda uzun, ikkinchisi esa juda kalta). Har bir o’simlik yoki hayvon turining hujayrasida xromosomalar soni o’zgarmas, ya’ni bir xil bo’ladi. Masalan, askarida hujayralarida 2 ta, drozofila pashsha hujayralarida 8 ta, odam hujayralarida 46 ta xromosoma bo’ladi. Bu holat xromosomalar sonining doimiyligi qoidasi deyiladi. Jinsiy hujayralarda somatik (tana) hujayralarga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa kam bo’ladi. Jinsiy hujayralarda xromosomalar gaploid (toq) to’plamda, somatik hujayralarda esa xromosomalar diploid to’plamda bo’ladi. Bu xususiyat xromosomalar juftlugi qoidasi deyiladi. Har bir jufrga kiruvchi xromosomalar o’z o’lchami, shakli bilan bir-biriga o’xshash bo’ladi. Bunday xromosomalar gomolog xromosomalar deyiladi. Birinchi jufg xromosomalari esa ikkinchi juftga kiruvchi xromosomalardan farq qiladi, ular nogomologik xromosomalar deyiladi. Bu xususiyat xromosomalarnung undivudualligi qoudacu deyiladi. Yadrocha dumalq, to’q bo’yaluvchi tanacha bo’lib, ularning soni hujayralarning fynksional holatiga bog’liq bo’lib, 1 tadan 10 tagacha va undan ham optiqroq bo’lishi mumkin. Yadrocha faqat interfaza holatidagi hujayralarda bo’ladi. Mitoz vaqtida ular yo’qolib ketadi va oxiriga borib qaytadan shakllanadi. Yadrocha ayrim rRNK sintezlovchi xromosomalar tarkibida bo’ladi. Xromosomalarning bu qismi yadracha hosil qiluvchu deb ataladi. Xromosomalarning bu joyida rRNK sintezlanadi va ribosomalar shakllanadi. Shakllangan ribosomalar keyin yadro qobig’i orqali sitoplazmaga o’tadi. Shunday qilib yadrocha rRNK molekulalaridan va shakllanayotgan ribosomalardan iboratdir.
Download 79.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling