O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
8f5f783b50af75df5adc3449ef0858a5 Biofizika va radiobiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND – 2018 yil 2
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM VAZIRLIGI SAMARQAND VETERINARIYA MEDISINASI INSTITUTI «TABIIY VA ILMIY FANLAR KAFEDRASI Biofizika va radiobiologiya 1-qism(biofizika) fanidan uslubiy ko’rsatma SAMARQAND – 2018 yil 2 Ushbu uslubiy ko’rsatma " TABIIY VA ILMIY FANLAR " kafedrasi yig’ilishida (majlis bayoni №1) Agromuxandislik fakulteti uslubiy kengashida (majlis bayoni №1), institut uslubiy kengashida (majlis bayoni №1) kуrib chiqildi va ochiq matbuotda chop etishga tavsiya qilindi. Tuzuvchi: SamVMI dos. Nuriddin Mamatkulov. Taqrizchi : SamDU dos. E.Arzikulov SAMARQAND – 2018 yil 3 So’z boshi Biofizika va radiobiologiya biologik hodisalar asosida yotuvchi eng oddiy va fundamental o’zaro ta’sirlar haqidagi fandir. Biofizika va radiobiologiya jadal rivojlanib, hozirgi kunda tirik dunyo tuzilishining molekulyar asoslarini tashkil etuvchi elementar qatlamiga kirib bormoqda. Hozirgi davrda biofizikaviy tadqiqotlarning biologiya, ekologiya, nazariy va amaliy tibbiyot qishloq xo’jaligida keng tadbiq etilayotgani ushbu soha mutaxassislari uchun bu fanni o’rganish zarurligini ko’rsatmoqda. Biofizika va radiobiologiya fanining hozirgi kundagi asosiy bo’limlari – biologik jarayonlar kinetikasi, termodinamikasi, biopolimerlar tuzilishi va xossalari, hujayra jarayonlari biofizikasi, fotobiologik jarayonlar biofizikasi, radiasion biofizika, radiasiyaning tirik organizmga tasiri va hokazolardir. Biofizika va radiobiologiya turli biologik hodisalarning molekulyar asoslarini tashkil etuvchi hodisalar: ionlar transporti, biologik membranalar fizikaviy - kimyoviy holatining o’zgarishlari, bioelektrogenez, mexanik - kimyoviy jarayonlar, energiya o’zgarishlari va elektronlar ko’chishi, fotobiologik jarayonlar, tirik organizmlarning elektromagnit maydonlar va ionlashtiruvchi hamda optik nurlanishlarga birlamchi reaksiyalarini o’rganadi. Biofizika fundamental masalalarni hal etish bilan birgalikda biologiya, tibbiyot, qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan amaliy masalalarni ham yechmoqda. Fanni o’qitish maqsadi – talabalarga asosiy biofizikaviy hodisalar va g’oyalarni o’rganish, fizikaviy qonunlarni tirik organizmlarga tadbiq qilish, biofizika fani yutuqlarini qishloq xo’jaligiga, xususan chorvachilik va veterinariya sohalariga tadbiq etish bilan tanishtirishdan iborat. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling