9-laboratoriya mashg’uloti fermentlar aktivligiga aktivator va ingibitorlar ta`siri darsning maqsadi


Download 135.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi135.45 Kb.
#1031662
  1   2
Bog'liq
9.9 Lobaratoriya



9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
FERMENTLAR AKTIVLIGIGA AKTIVATOR VA INGIBITORLAR TA`SIRI 
Darsning maqsadi. Fermentlar faolligini boshqaruvchi kimyoviy moddalarni tajriba 
bajarib olingan natijalar orqali aktivator va ingibitorlarga ajratish. 
Nazariy qism:
Ferment faolligining boshqarilishi ularning turli xil biologik 
komponentlar yoki yot birikmalar (masalan, dori va zaharlar) bilan o`zaro ta`siri orqali 
yuzaga keladi hamda ular fermentlarning modifikatorlari yoki regulyatorlari deb ataladi. 
Modifikatorlarning fermentlarga ta`siri ostida reaksiya tezlashishi (bunday sharoitda ular 
aktivatorlar deyiladi) yoki sekinlashishi (bunday sharoitda ular ingibitorlar deyiladi)
mumkin. Aktivator va ingibitorlarning ta`sir mexanizmi to`liq o`rganilgan emas. 
Fermentlar faolligining boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi: 
1. Hujayra ichki boshqarilishi . Bunday boshqarish avtomatik kechadi. 
2. Gormonal boshqarilish.
3. Nerv tizimi orqali boshqarilish 
Ko`pchilik fermentlar aktivatorlari reaksion muhitda ta`siri umuman ko`rilmaydi. 
Masalan, amilaza dializ qilinsa, aktivligi yo`qoladi, NaCl eritmasi qo`shilsa tiklanadi. 
Ingibitorlarning ta`sir mexanizmi xilma – xildir. Ba`zi hollarda ular fermenti aktivatori 
bo`lgan metall ionlarini biriktirib olsa, ba`zan fermentni denaturasiyalaydi yoki ferment 
bilan “yolg`on” ferment – substrat kompleksini hosil qilib, noaktiv holatga o`tkazib 
qo`yadi. Modifikator ta`siridan so`ng yuzaga keladigan bioximiyaviy reaksiyaning 
tezlashganligi 
asosida 
fermentlarning 
faollashuvi 
aniqlanadi. 
Faollantiruvchi 
moddalarning bir guruhini ferment faol markaziga ta`sir e`tuvchi moddalar tashkil e`tadi. 
Unga fermentlarning kofaktorlari va substratlari kiradi. Ingibitor atamasiga ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo`lish ko`zda tutiladi, chunki uning tagida faqatgina ferment faolligini 
o`ziga xos pasaytiruvchi modda to`g`risida gap boradi. Reaksiyaning tormozlanishi faqat 
ingibitorga bog`liq emas. Chunki istalgan denaturaciyalovchi moddalar ham fermentativ 
reaksiyani pasaytirishi mumkin. Denaturatsiyalovchi modda ta`siri bo`lgan holatda 
«ingibirlanish» emas, balki «faolsizlanishi» to`g`risida gap borsa, to`g`riroq bo`ladi. 
Ko’pincha, moddalar kichik miqdorlarda ingibitor, ko’p miqdorda esa inaktivator bo`lib 
hisoblanadi. Shuning uchun bunday tarzda ikki guruhga bo`lish ma`lum darajada 
shartlidir.

Download 135.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling