9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja
– rasm. Kuch kоmpеnsаtsiyali elеktr аnаlоg o’zgаrtkichi
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Kimyo Inj-model-9-ma\'ruza
68– rasm. Kuch kоmpеnsаtsiyali elеktr аnаlоg o’zgаrtkichi
uzatish aloqasiga va shu bilan birga, aloqa bilan ketma-ket bog‘langan muvozanat indikatorining g‘altagi 8 ga (teskari bog‘lanish) keladi. G‘altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan doimiy magnit 11 o‘rtasidan o‘zaro ta’sir natijasida richag 6 da kuch paydo bo‘ladi, bu kych o‘lchanayotgan kirish (masalan, bosim o‘zgarishi natijasida) kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. Asbobni o‘zgartkichning berilgan o‘lchash chegarasiga sozlash uchun surgich 3 va lentali tortqi 5 ni siljitiladi. Kuch kompensatsiyasi prinsipi shu sxemaga nisbatan quyidagidan iborat: muvozanat paytida sezgir element hosil qilgan kuch G‘ unga teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch F m ga teng. Chiziqli o‘zgartkichda doimiy magnit 11 bilan g‘altakdan o‘tayotgan tok hosil qiladigan magnit maydoni orasidagi o‘zaro ta’sir shu tokka mutanosib bo‘lgan, richag tizimi orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil qiladi, ya’ni, F M =K*I chiq , (8.1) bunda, F M — teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch; K-o‘zgarmas koeffitsient; I chiq - chiqish toki. Kvadratik o‘zgartkichda teskari aloqa kuch F M bilan chiqish signali I chiq orasidagi o‘zaro ta’sirlashuv magnitoelektr mexanizm o‘rniga elektromagnit kuch mexanizmini qo‘llash yordamida ta’minlanadi. Bu holda teskari aloqa kuchi bilan chiqish signali orasidagi munosabat quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: G‘ m =K*I 2 chiq . (8.2) UP-20 turidagi yarim o‘tkazgichli kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish indikatori signalini o‘zgarmas elektr toki signaliga o‘zgartiradi. Signalni masofaga uzatish 10 km ga yetishi mumkin. O‘zgartkichga ulanadigan ikkilamchi asboblarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: o‘zgarmas tokning unifikatsiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) va o‘zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, markaziy nazorat va boshqarishning elekt ciljishni kompensatsiyalash sxemasi bo‘yicha quriladigan elektr analog o‘zgartkichlaridan noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun differensial-transformatorli, ferrodinamik, magnitomodulyatsion va selsinli o‘zgartkichlar tarqalgan. Differensial- transformatorli o‘zgartkichlardagi birlamchi asbob o‘zagining siljishi ikkilamchi asbob o‘zagining siljishi bilan muvozanatlashadi. Differensial - transformatorli o‘zgartkichlar sarf, bosim, sath va boshqa parametrlarni o‘lchashda ishlatiladi, bunda bu parametrlarning qiymati birlamchi asbob g‘altagi o‘zagining siljishiga o‘zgartiriladi. Differensial- transformatorli asbob sxemasi (69-rasm) ikkita bir xil g‘altakdan iborat. Ulardan biri birlamchi asbob 1, ikkinchisi esa ikkilamchi asbob 2 ga joylashtirilgan. G‘altaklarni birlamchi chulg‘amlari ketma-ket ulanib, elektron kuchaytirich kuch transformatorining chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kuchlanishidan ta’minlanadi. Ikkilamchi chulg‘amlar bir - biriga yo‘nalgan holda ulanib, chiqishlari elektron kuchaytirgichga qaratilgan. G‘altaklar ichida temir o‘zaklari o‘rtacha holatda bo‘lsa, g‘altakdagi ye 1 va ye 2 EYuK lar teng bo‘ladi, ya’ni ∆E 1 = ye 1 - ye 2 = 0 va ∆E 2 = ye 3 - ye 4 = 0, demak, ∆E = ∆E 1 —∆E 2 kuchaytirgich kirishidagi farq ham nolga teng bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling